Prevyu. "Qo'qon-1912" - "Nasaf"
16 avg 2015 09:00
Yangiliklar


Prevyu. "Qo'qon-1912" - "Nasaf"
Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Nasaf (Qarshi)
16 avgust 2015. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 17:00
Hakamlar: V. Ceytlin (Toshkent), X. SHodmonov (Buxoro), A. Usmonov (Toshkent), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Serazetdinov.
O'zPFL vakili: B. Haydarov.
“Qo'qon-1912” va “Nasaf” oliy ligada jami 11 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Nasaf”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Qarshiliklar 7ta o'yinda g'olib bo'lishgan. “Qo'qon-1912” hisobida 4ta g'alaba bor. Bu jamoalar hozirga qadar umuman durang o'ynashmagan. To'plar nisbatida ham “Nasaf” oldinda - 24:16. O'zaro o'yinlarda “ajdarlar” 21 ochkoni, “Qo'qon-1912” esa 12 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Nasaf”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0 ga teng. “Qo'qon-1912”da bu ko'rsatkich 3:0ga teng.
Birinchi davrada “Nasaf” o'z muxlislari qarshisida yirik g'alabaga erishgan. Birinchi bo'limda SHohruh Gadoev hisobni ochgan. Ikkinchi bo'limda Bahrom Abdurahimov va Oleksandr Koblash qo'qonliklar darvozasini ishg'ol qilishgan – 3:0.
Qo'qonda bo'lib o'tgan so'nggi barcha uchrashuvlar:
18.08.2003 Qo'qon-1912 - Nasaf 3:0
09.06.2002 Qo'qon-1912 - Nasaf 3:0
30.09.2000 Qo'qon-1912 - Nasaf 1:2
10.05.1999 Qo'qon-1912 - Nasaf 3:1
26.04.1998 Qo'qon-1912 - Nasaf 1:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Vodiyda bo'lib o'tgan besh o'yindan to'rttasida “Qo'qon-1912” g'alaba qozongan. “Ajdarlar” safarda bir marta (2000 yil) uch ochkoni qo'lga kiritgan. Oxirgi ikki o'yinda qo'qonliklar raqibni bir xil 3:0 hisoblari bilan taslim qilishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar