So’nggi yangiliklar

18:32А Серия. "Милан" ўз уйида "Верона"ни мағлуб этди  0 18:02"Кремонезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 17:26"Истиқлол" — "Гол Гохар". Машарипов қайтди  1 17:00"Дибба" — "Ал Васл". Таркиблар маълум  0 16:15"Ливерпуль” Родриго учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  1 15:492025 йилнинг "энг яхши ёш футзалчиси" Абдулборий Илёсов: "Бу соврин мени янада кучлироқ қилади"  2 15:22Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Қизилқум"дан устун келди  5 14:58"Челси" Англия ёшлар терма жамоаси сардорини нишонга олди  0 14:26"Милан" ва "Интер" англиялик вундеркинд учун курашмоқда  0 13:41Синайоко "Манчестер Юнайтед"га ўтади  0 13:11“Гулистон” қайта тикланди. Жамоа олдига юқори мақсадлар қўйилган  9 12:59Горецкага АПЛ клуби даъвогарлик қилмоқда  0 12:21"Арсенал" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  0 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Аталанта" — "Интер" ва бошқалар  0 11:50“Фенербахче” 40 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0

Prevyu. "Qo'qon-1912" - "Mashal" Yangiliklar

Prevyu. "Qo'qon-1912" - "Mashal"

Oliy liganing 21-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Mashal" uchrashuvi Qo'qonda bo'lib o'tadi.

Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Mashal (Muborak)
12 sentyabr 2015. Qo'qon. "Markaziy" stadion. 16:30
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), J. Jalimov (Nukus)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
 
“Qo'qon-1912” va “Mashal” oliy ligada 7 bora to'qnash kelishgan. Natijalar voha klubining ustunligini ko'rsatmoqda.

“Mashal” ushbu raqibni 5 marta mag'lub etgan. Bitta o'yinda durang qayd etilgan. “Qo'qon-1912” hisobida bitta g'alaba mavjud. “Gazchilar” o'zaro o'yinlarda 13ta gol urishgan, qo'qonliklar  5 marta jizzaxliklar darvozasini ishg'ol etishgan. Muborak klubi o'zaro o'yinlarda 16 ochkoga ega bo'lgan, Qo'qon klubi hisobida 4 ochko bor. “Mashal”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 3:0ga teng bo'lsa, “Qo'qon-1912”ning eng yirik muvaffaqiyati 3:1 bo'lib turibdi.

Dastlabki davrada Muborakda o'tgan o'yinda Vladislav Ivanov hisobni ochgandi. Zohir Qo'ziboevning dubli esa o'yinga nuqta qo'ygandi – 3:0.

Qo'qonda o'tgan barcha uchrashuvlar:
07.05.2003 Qo'qon-1912 - Mashal 0:2
13.04.2002 Qo'qon-1912 - Mashal 3:1
14.10.1995 Qo'qon-1912 - Mashal 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Qo'qon-1912” maydonida bo'lib o'tgan 3ta o'yinning bittasida mezbonlarning qo'li baland kelgan. Bir uchrashuvda durang qayd etilgan. Bir bor Muborak klubi safardan g'alaba bilan qaytgan.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика