So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  25 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  81 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Prevyu. "Qizilqum" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "Qizilqum" - "Navbahor"

Teglar :  QizilqumNavbahor
Bugun Navoiyda "Qizilqum" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Qizilqum (Navoiy) – Navbahor (Namangan)
16 iyun 2016. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 19:30
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
O'zPFL vakili: B. Haydarov.

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 32 bor kesishgan. Ustunlik “Navbahor” tomonida. 12ta o'yinda namanganliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 9ta uchrashuvda “Qizilqum” g'olib bo'lgan. 11ta bahsda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Navbahor” foydasiga. “Lochinlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 43ta to'p kiritib o'z darvozalaridan 34 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Navbahor” 47 ochkoni, “Qizilqum” esa 38 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Navbahor” oliy ligada “Qizilqum” ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi namanganliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Qizilqum”ning o'zaro o'yinlardagi ushbu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:0ga teng.

2015 yil o'tgan mavsumda Navoiyda tomonlar jami 5ta gol urishgan. Bahriddin Vahobov 3ta, Mo'ydin Mamazulumov 2ta to'p kiritgan – 3:2. Namanganda esa mezbonlar g'olib bo'lishgan. Rabbim Hasanov va SHahboz Erkinovning gollariga “Qizilqum”dan Andrey Derkach javob bergan – 2:1.

“Qizilqum” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
18.06.2015 Qizilqum - Navbahor 3:2
01.06.2014 Qizilqum - Navbahor 3:1
14.04.2013 Qizilqum - Navbahor 0:1
21.11.2012 Qizilqum - Navbahor 1:1
16.04.2011 Qizilqum - Navbahor 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar o'rtasidagi “Qizilqum” maydonida o'tgan o'yinlarda 5 marta durang qayd etilgan. 7 marta “Qizilqum”, 4 marta “Navbahor” g'alaba qozongan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика