So’nggi yangiliklar

13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  9 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  27 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  4 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1

Prevyu. Qatar to'ri titrasin termamiz tepgan to'pdan Yangiliklar

Prevyu. Qatar to'ri titrasin termamiz tepgan to'pdan

Futbolda tarix yaratishingiz yoki hech bo'lmaganda o'sha tarixni takrorlashingiz kerak.

Terma taqimimiz 2011 yil Qatar yashil maydonlarida tarix yaratgan holda barchaning nigohlarini o'ziga qaratgandi. 2024 yil "oq bo'rilar" yana Qatarga qadam ranjida qildi. Yuqoridagi gapimizda aytganimizdek, ularning tarix yaratishi ham, o'sha tarixni takrorlashi ham bugungi o'yinga bog'liq. 

Qatar

Hassan Al Haidos - 27', Akram Afif - 121', Sultan Al Brake - 121', Pedro Miguel - 121'

Asian Cup Final Stage . Quarter Finals-tur

03/02/2024, 19:30

3
:
4
Tugadi

Uzbekistan

Odildzhon Khamrobekov - 59', Otabek Shukurov - 121', Shakhboz Umarov - 121'

Stadion: Al Bayt Stadium, 58791 tomoshabin

45'
90'
120'
27'  Hassan Al Haidos
46'  Meshaal Barsham
54'  Hassan Al Haidos (Khalid Muneer Mazeed)
80'  Jassem Gaber (Abdulaziz Hatem)
89'  Khalid Muneer Mazeed
90'  Almoez Ali
91'  Tarek Salman (Ismael Mohammad)
104'  Ahmed Fathi (Mostafa Meshaal)
105'  Pedro Miguel
108'  Mohammed Waad (Sultan Al Brake)
59'  Odildzhon Khamrobekov
59'  Oston Urunov
69'  Otabek Shukurov
74'  Oston Urunov (Shakhboz Umarov)
79'  Srecko Katanec
90'  Rustamjon Ashurmatov
99'  Farrukh Sayfiev (Zafarmurod Abdirahmatov)
106'  Azizbek Turgunbaev (Mukhammadkodir Khamraliev)
114'  Abbosbek Fayzullayev (Khozhimat Erkinov)

O'zaro o'yinlardagi ustunlik bugun ham davom etadimi?

O'zbekiston Qatar bilan o'zaro barcha musobaqalarda 14 marotaba to'qnash kelgan. Vakillarimiz ushbu o'yinlarning 9tasida g'alaba qozongan bo'lsa, 3ta o'yinda imkoniyatni boy bergan. 2ta bahsda tomonlar murosaga kelgan. Qatar darvozasiga 24ta gol urgan bo'lsak, darvozamizdan 13ta to'p olib chiqqanmiz. Qatarning eng yirik g'alabasi 3:0, O'zbekistonniki esa 5:1, 4:0 hisoblarida qayd etilgan. 

To'purarlar 

24ta gol O'zbekiston tarkibida 15 nafar futbolchiga yozilgan bo'lsa, bitta gol avtogol sifatida qayd etilgan. To'purarlar ro'yxatini Odil Ahmedov 4ta gol bilan boshqarib turibdi. 

Odil Ahmedov 4, Mirjalol Qosimov 3, Farhod Tojiev 3, Bahodir Nasimov 2, Leonid Koshelev 1, Ilyos Zeytullaev 1, Anvar Soliev 1, Jafar Irismetov 1, Server Jeparov 1, Sanjar Tursunov 1, Ulug'bek Bakaev 1, Oleg Zoteev 1, Nikolay SHirshov 1, Egor Krimec 1, Marat Bikmaev 1


Qatar O'zbekistonga 10 yildan buyon gol urishni uddasidan chiqa olmayapti. Ular so'nggi bor 2014 yil Jamel Belmadi boshchiligida darvozamizga yo'l topgan (3:0). 


Katanecning Qatar bilan hisob-kitobi bor

2019 yil Iroq bosh murabbiyi sifatida Osiyo Kubogida qatnashgan Srechko Katanec guruhdan chiqish vazifasini uddasidan chiqadi. O'shanda Vetnam va Yamanni mag'lub etib, Eron bilan durang o'ynagan va 7 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallagandi.

Katanec va Iroqni nimchorak finalda Qatar terma jamoasi kutardi. Ushbu o'yinda Bassam Hisham Al Ravi tomonidan urilgan yagona gol Qatarga g'alaba keltirgan edi (1:0). Oradan 5 yil o'tdi va Katanec endi O'zbekiston terma jamoasi bilan chorak finalda yana Qatarga qarshi maydonga chiqadi.


Osiyo Kubogi - 2019.

QATAR - IROQ 1:0 

Abu Dabi, "Al-Naxyan" stadioni.

Bosh hakam: Muhammad Taqi Al-Jaafari (Singapur)

Gol: Bassam Al Ravi (62, 1:0).

Qatar - 1. Saad Al SHib, 2. Pedro Korrea, 3. Abdulkarim Xassan, 4. Tariq Salmon, 6. Abdulaziz Xatim, 10. Hasan  Al Xaydos (Karim Al Budiya, 90), 11. Akrom Afif, 15. Bassam Al Ravi, 16. Bulam Xukxi, 19. Almuoz Ali , 23. Omar Madibo.

Iroq – 1. Jalol Hassan, 2. Ahmad Ibrohim, 5. Alifayoz Atiyax 6. Ali Adnan, 7. Safo Xadi, 10. Mohanad Ali, 11. Humam Tariq (Al Xusni Faysal, 34), (Muhammad Davud, 66), 13. Bashar Bonyan, 14. Amjid Kadim, 16. Husayn al-Saidi, 17. Alo Ali Mxavi (Reben Solaka, 68).

Ogohlantirishlar: Assimo Madibo (11), Moxanad Ali (24), Ahmad Ibrohim (39), Abdulkarim Xassan (84), Safo Xadi (86), Bassam Al Ravi (90+3). 

Sloveniyalik murabbiy Qosimov, Abramov, Babayan, Kuper qatoriga qo'shiladimi?

Qatar terma jamoasini eng ko'p yutgan murabbiy Mirjalol Qosimov hisoblanadi. Samvel Babayan bu vazifani ikki bor uddasidan chiqqan. Qatarni yutishni 2001 yil Vladimir Salkov boshlab bergan. 

➖ Vladimir Salkov (2001 yil, 2:1)

➖ Valeriy Nepomnyashiy (2006 yil, 2:0) 

➖ Mirjalol Qosimov (2009 yil, 4:0. 2012 yil 1:0, 2013 yil 5:1)

➖ Vadim Abramov (2011 yil, 2:0)

➖ Samvel Babayan (2016 yil, 1:0. 2017 yil, 1:0)

➖ Ektor Kuper (2018 yil, 2:0)

Qatarga mag'lub bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi murabbiylari 

➖ Valeriy Nepomnyashiy (2006 yil, 1:2) 

➖ Rauf Inileev (2008 yil, 0:3)

➖ Mirjalol Qosimov (2014 yil, 0:3)

Qatar bilan kechgan oxirgi to'qnashuv

O'rtoqlik uchrashuvi

O'zbekiston - Qatar 2:0

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni

Hakamlar: CHorimurod Qurbonov, Axmet Beknazarov, Berdimamet Atdiev (uchalasi Turkmaniston)

Zaxira hakami: Jasur Muxtorov (O'zbekiston)

Gollar: Odil Ahmedov 72, - 1:0. Marat Bikmaev 85, - 2:0.

O'zbekiston: 30.O'tkir Yusupov, 2.Akmal SHorahmedov, 31.Egor Krimec (4.Dostonbek Tursunov, 64), 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteev, 15.Odil Hamrobekov, 9.Odil Ahmedov (20.Islom To'xtaxo'jaev, 90+1), 6.Husniddin G'ofurov (17.Dostonbek Hamdamov, 46), 22.Javohir Sidiqov, 8.Ikrom Aliboev (19.Vladimir Kozak, 83), 14.Eldor SHomurodov (10.Marat Bikmaev, 76).

Zaxira: 1.Ignatiy Nesterov, 12.Roman Abdulov, 7.Azizbek Haydarov, 16.Otabek SHukurov, 18.Davronbek Hoshimov, .

Qatar: 21.Yusuf Hassan, 6.Abdulaziz Hatim Muhammad, 10.Hassan Al Haydos, 12.Karim Budiaf, 13.Sulton Hussayn, 15.Bassam Husam Al Ravi, 17.Muhammad Musa, 18. Abdulkarim Salim, 19.Al Moez Ali, 26.Toriq Salmon, 28.Assim Umar.

Zaxira: 31.Jassim Odil, 22.Muhammad Ahmad, 5.Ahmad Fothi Abdulla, 7.Ahmad Abdilmutal, 8.Ahmad Duzande, 9.Hassan Yahyo, 14.Salim Al Hajri, 20.Abdulloh Abdusalom, 23.Muhammad Abdilmutal, 24.Abdulrahmon Mustafo, 27.Ali Avad Bujaluf.


Bugun 20:30da start oladigan chorak final o'yinida O'zbekiston terma jamoasiga omad va zafarlar tilab qolamiz. Bugun biz g'alaba qozonamiz. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика