So’nggi yangiliklar

20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  1 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  1 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  19 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   14 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  6 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  53 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  3 17:07ЎФА Лёв ва Бенту билан музокаралар ўтказганини очиқлади  3 16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  52 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  2 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0 14:55"Сўғдиёна" Ғузорда "Шўртан" устидан ғалабани тантана қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Prevyu. Pirloning debyuti, yangilanayotgan "Milan" "Bolonya"ni qabul qiladi va boshqa o'yinlar Yangiliklar

Prevyu. Pirloning debyuti, yangilanayotgan "Milan" "Bolonya"ni qabul qiladi va boshqa o'yinlar

Bugun Italiya A Seriyasi birinchi tur o'yinlariga start beriladi.

“Yuventus” - “Sampdoriya”

Mamlakatning amaldagi chempioni titul himoyasini o'z uyida boshlaydi. “Yuventus” yozda qisman o'zgardi, ammo asosiysi murabbiyini alishtirdi. Andrea Pirlo debyuti qanday bo'lishini tomosha qilish juda qiziq. Katta ehtimol bilan “byankonerilar” 3-5-2 taktik sxemasidan foydalanishadi. Aynan shunday taktik sxemada jamoaning yangi futbolchilarining bor imkoniyatlaridan foydalanish mumkin bo'ladi. De Ligt va Dibala yo'qligida, asosiy takribda Kulushevski va Danilo maydonga tushsa kerak. SHuningdek, yaqin vaqtlar ichida MakKenni ham A Seriyada debyut uchrashuvini o'tkazadi. “SHalke”dan xarid qilingan futbolchi zaxirada o'tirishi uchun sotib olinmagan bo'lsa kerak har holda. Raneri jamoasi esa u qadar jiddiy o'zgarishlarga duch kelmadi, taktik sxema 4-4-2, hujumning oldi chizig'ida o'sha-o'sha Kvalyarella. Jamoa shakllanishda davom etmoqda, shuning uchun ham “Sampdoriya” mavsum startida hali 100% tayyor holatda emas.

Turindagi oxirgi uchrashuvda “Yuventus” ortiqcha muammolarsiz g'alaba qozongandi — 2-0. Bu safar ham chempion favorit hisoblanadi. Pirloning debyuti uchun ideal raqib desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Raneri tajribali, lekin uning jamoasi “keksa sinora”ning yangi ustozi tajribalariga mos tushadi. Qo'shimchasiga “Novarra”ga qarshi bellashuvda ham turinliklar ancha chiroyli va mazmunli o'yin ko'rsatishgandi. Pirloning debyutini buzishi mumkin bo'lgan fakt hozircha ko'rinmayapti.


“Milan”- “Bolonya”

“Milan” shu kunlarda Evropa Ligasi saralashi doirasida “SHemrok”ka qarshi o'yin o'tkazdi, bu esa jamoa haqida malum bir xulosalar chiqarish imkonini beradi. Qiziq Pioli asosiy tarkibda Ibragimovich–Rebich duetini jangga tashlarmikin? Bu ikki futbolchi doim ham bir-birini tushunib harakat qila olmasligi hech kimga sir emas. Jamoa javohiri Sandro Tonalli yana zaxiradan o'yinga qo'shilsa kerak, ammo u asta-sekin asosiy tarkibga qo'shib boriladi. Mixaylovich esa markazda katta foyda keltirishi mumkin bo'lgan Medel xizmatlaridan foydalana olmaydi. Bu vaziyatda Domingesga ishonch bildiriladi, hujumda esa bor umid Palasiodan. SHu sababli ham, to'qnashuvni "qariya forvardlar uchrashuvi" deyish mumkin.

Iyul oyida “Milan” “Bolonya”ni 5-1 hisobida mag'lub etdi, o'tgan vaqt davomida kuchlar u qadar o'zgarmagandek. “Rossoneri”ning bu vaziyatda imkoniyatlari yuqoriroq va aynan ular muvaffaqiyatli start olishini taxmin qilish mumkin. “Bolonya” o'tgan mavsumdagi bilan solishtirganda keskin o'zgargani yo'q, shu sababli ham o'yin sifatida ham sezilarli o'zgarishni kutish qiyinroq. Mixaylovich jamoasi yana A Seriyada jon saqlash uchungina kurashishni istamasa, transfer bozorida faolroq bo'lishi talab qilinadi. 


“Fiorentina” - “Torino”

Yakini darhol Bonaventurani “jangga” tashlaydi, “fio” markaziy zonasi ancha kuchsizlangan va ko'mak, yangi futbolchilar talab qiladi, jarohatlar esa bu ishni tezroq amalga oshirish kerakligiga ishora qiladi. Hujumda Riberi va Kuame harakat qilsa ajab emas. Ko'pchilik “Fiorentina” bu mavsum kuchliroq o'yin namoyish qilishini kutmoqda, ammo jamoa bu vazifani uddalay oladimi yoki yo'q vaqt ko'rsatadi. 

“Torino”da esa vaziyat yanada og'irroq. Bazelli jamoasiga yordam bera olmasligi aniq, Rodriges hozircha debyut qilolmaydi, qo'shimchasiga Verdi o'ynashi ham so'roq ostida. Hujumdagi asosiy futbolchilar Belotti va Dzadza masalasi ham ochiq qolmoqda, har ikki futbolchi “buqalar” bilan birga, ammo transfer bozori yopulgunga qadar ular jamoada qolishiga kafolat yo'q. Bu ketishda “Torino”ni qiyinchiliklardan iborat og'ir mavsum kutib turibdi.

Oxirgi o'zaro o'yinda “Fio” 2-0 hisobida g'alaba qozongan, jamoa bo'lajak o'yinda ham favorit hisoblanadi. Muvozanatni topib ulgurmagan “buqalar” himoyada ishonchli o'ynay olgan taqdirda ham, hujumda raqibiga chinakam muammo tug'dirishi qiyin masala. 


“Verona” - “Roma”

“Verona” sal qolsa o'tgan mavsum sensaciyasiga aylanardi. Nima bo'lsa ham jamoa ko'pchilikni hayron qoldirdi, lekin evrokuboklar yo'llanmasiga ega chiqolmadi. Bu mavsum avvalgisi kabi natijani takrorlash ham qiyin bo'ladi. Tarkibda deyarli o'zgarish yo'q, Kumbullaning ketishi, aynan “Roma”ga, odatiy taktikaga tasir o'tkazishi aniq. Hozircha “Verona” yangi futbolchilar kelishidan va borlarining muvaffaqiyatli o'yinidan umidvor. “Roma” esa so'nggi yillar o'rganib qolganimizdek zeriktirmayapti. Hujumchilar mashmashasi, Kolarovning jamoani tark etishi va Smolling bilan biroz tushunarsiz o'tayotgan muzokaralar. Bularning barchasi Fonseka bemalol mavsumga tayyorlanishi uchun to'sqinlik qilmoqda, lekin asosiy muammo — Nikolo Dzanoloning yana jarohat olgani. Muxlislar “Roma”dan bu mavsum barqaror o'yin kutishmoqda.

Jamoalarning oxirgi o'zaro uchrashuvida “Roma” g'alaba qozongan, ammo unda rimkliklar ham “Verona” ham umuman boshqacha holatda edi. Bu safar nima bo'lishini hech kim taxmin qilolmaydi. Bukmekerlar “jalorossi” zafar quchishiga ishonmoqda, biz esa birinchi navbatda o'yinda urilgan gollar ko'p bo'lishiga ishonchimiz komil. Har ikki jamoaning himoya chizig'ida muammolar etarli, har holda hozircha.


“Parma” -  “Napoli”

“Parma” amerikalik investorlar bilan kelishuvga erishish arafasida turibdi. Ular esa o'z navbatida oktyabr oyiga qadar bir-ikkita futbolchi sotib olishlariga ishontirishmoqda. Amalda barchasi qanday bo'lishini vaqt ko'rsatadi, lekin hozircha “Parma” Kulushevskisiz “yashashga” o'rganishi lozim. Uning yo'qligida asosiy og'irlikni Karamo o'ziga olishi mumkin, lekin raqiblar uchun asosiy xavf baribir daniyalik Kornelius bo'lsa kerak. Biroq Gattuzoda ham har bir Korneliusga qarshi o'zining Kulibalisi topiladi. Senegallik himoyachi ko'plab gap-so'zlarga qaramay, hamon Neapolda. Lekin Kalexon, Milikva Allan “Napoli” bilan xayrlashib ulgurdi. Biroq xafa bo'lishga hojat yo'q. Petanya gollarni kanda qilmayapti, u hujum chizig'iga yaxshigina agressivlik qo'sha oladi. Gattuzo shogirdlari kamida CHempionlar Ligasi yo'llanmasini ko'zlab yo'lga chiqishlari turgan gap.

Oxirgi o'yinda “Parma” kutilmaganda “Napoli”ni 2-1 hisobida taslim etgandi. Lekin bu safar jamoalarning kuchiga bukmekerlarning bergan bahosi kishini hayratga solmoqda. Ha, “Parma” u qadar kuchli holatda emas, lekin jamoaga umuman ishonishmayapti. Biz esa “adzurri”ga oson bo'lmasligi va uchrashuv qiziqarli hamda kurashlarga boy bo'ladi deb o'ylaymiz.


Muallif: Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика