So’nggi yangiliklar

18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  8 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  6 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  9 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  1 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1

Prevyu. "Paxtakor" - "Neftchi" Yangiliklar

Prevyu. "Paxtakor" - "Neftchi"

Turning markaziy o'yini bugun Toshkentda bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Paxtakor (Toshkent) – Neftchi (Farg'ona)

16 may, 2015 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:00.

Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).


Bu ikki buyuk klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 46 bor kesishgan. Ustunlik “Paxtakor” tomonida. 22ta o'yinda toshkentliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 17ta uchrashuvda “Neftchi” g'olib bo'lgan. 7ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Paxtakor” foydasiga. Toshkent klubi shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 76ta gol kiritib o'z darvozasidan 60 marta to'p olib chiqqan. O'zaro o'inlarda “Paxtakor” 73 ochkoni, “Neftchi” esa 58 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor” oliy ligada “Neftchi” ustidan 6:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi “sherlar”ning eng yirik hisobidagi g'alabasi. “Neftchi”ning o'zaro o'yinlardagi “Paxtakor” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 4:0 bo'lib turibdi.

2014 yil birinchi davrada Farg'onada tashkil etilgan o'yinda mehmonlar muvaffaqiyat qozonishgan. Vladimir Kozak va Stanislav Andreevning birinchi bo'limda urgan gollariga o'yin tugashiga 5 daqiqa qolganida Jahongir Jiyamurodov javob bergan – 1:2. Toshkentda esa Vladimir Kozakning urgan goli “Paxtakor”ga g'alaba keltirgan – 1:0.

Toshkent bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
09.08.2014 Paxtakor - Neftchi 1:0
17.03.2013 Paxtakor - Neftchi 1:0
05.10.2012 Paxtakor - Neftchi 3:0
22.03.2011 Paxtakor - Neftchi 1:0
11.09.2010 Paxtakor - Neftchi 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt:
“Paxtakor” o'z maydonida bo'lib o'tgan o'yinlarning 17tasida muvaffaqiyat qozongan. 2ta bahsda g'olib aniqlanmagan. “Neftchi” Toshkentdan to'rt marta uch ochko bilan qayta olgan xolos. “Neftchi” oxirgi marta bu raqib maydonida 2001 yil g'alaba bilan qaytgan. Keyingi 13ta uchrashuvda “sherlar” muntazam ravishda g'olib bo'lib kelishgan. 


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика