So’nggi yangiliklar

15:56Эшшакнинг меҳнати ҳалол, ўзи ҳаром-ми?  15 14:47Интервью. Миржалол Қосимов: "Жиддий айтганда Жаҳон чемпионатига чиқишга энди тайёр бўлдик, бу натижа ўз-ўзидан келмади"  12 14:16Осиё Кубоги-2027 саралаш. Тожикистонда дуранг, Туркманистонда ғалаба  2 14:15Месси Хамесга Аргентина ва Колумбия ўйини вақтида: "Сен жуда кўп гапиряпсан"  4 14:01Игорь Сергеев: "Йиғлаб юборишимга бир бахя қолди"  20 13:27Сане "Бавария"ни тарк этишга қарор қилди. Вингер "Галатасарой"га ўтишга яқин  0 13:15"Манчестер Сити" 70 млн. еврога ярим ҳимоячи сотиб олди  2 12:56"Пахтакор" ва ўзбек футболи афсоналаридан бири Аҳрол Иноятов 80 ёшда  1 12:43Коларов Кивунинг "Интер"даги штабига киради. У Сербия ёшлар терма жамоасини бошқараётган эди  0 11:41Аллегри "Милан" Адриен Рабьо билан шартнома имзолашини хоҳлайди  0 11:10ЖЧ-2026 саралаши. Анчелотти Бразилияни Жаҳон чемпионатига олиб чиқди  5 11:00Пролига. Бугун 9-турга старт берилади  0 10:38Марк-Андре тер Штеген фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  4 10:11Италия термасини бошқаришга асосий номзод маълум  6 09:45Клоппнинг икки нафар собиқ ёрдамчилари “Манчестер Сити“ билан шартнома имзолади  3

PREVYU. "Paxtakor" - "Nasaf". Yil o'yinida chempion aniqlanadimi? Yangiliklar

PREVYU. "Paxtakor" - "Nasaf". Yil o'yinida chempion aniqlanadimi?

24-turning markaziy va qaysidir manodagi yil o'yini Toshkentda "Paxtakor" - "Nasaf" o'rtasida bo'lib o'tadi. SHubhasiz yilning super to'qnashuvi, amalda chempionlik masalasini aniqlab beradigan qarama-qarshilik.


Paxtakor

Xojimat Erkinov - 79'

Superliga. 24-tur

03/11/2023, 18:15

1
:
1
Tugadi

Nasaf

SHerzod Nasrullaev - 27'

45'
90'
79'  Xojimat Erkinov
79'  Xozhiakbar Alizhonov
27'  SHerzod Nasrullaev
36'  Akmal Mozgovoy


TOSHKENTDA O'TGAN O'YINLAR 

Toshkentdagi 26 o'yinda "Paxtakor" 21 g'alaba, 3 durang va 2 mag'lubiyatni qayd etgan. "Nasaf" Toshkentdagi dastlabki g'alabasini 2001 yil qo'lga kiritgan bo'lsa, o'tgan mavsumda jamoa bu ishni ikkinchi bor uddaladi. Poytaxtdagi bahslarda "SHerlar" 53ta gol urib, 15 to'p o'tkazishgan. 


"Nasaf"ning Toshkentdagi ikki g'alabasi

PAXTAKOR - NASAF 0:2

13.03.2001. 2-tur. 35000 tomoshabin 

Gollar: Bahrom Haydarov, Zafar Xolmurodov

"Paxtakor": Oleg Belyakov, Baxtiyor Ashurmatov, Konstantin Sosenko, Gennadiy SHaripov (Marat Axmerov, 55), Sergey Mayboroda, Ulug'bek Asanbaev, (Baxodir Seytkamolov, 68), Andrey Vlasichev, Vyacheslav Ponamaryov, SHuhrat Rahmonqulov, Sobir Xodiev (Nematullo Quttiboev, 46), Muxtor Qurbonov

"Nasaf": Valentin Poltavec, SHuhrat Mamajonov, SHahob Rajabov, Asror Aliqulov, Baxtiyor Qambaraliev, Ro'ziqul Berdiev, No'mon Hasanov, Sergey Lebedev, Zafar Xolmurodov (SHuhrat Toshpo'latov, 89), Bahodir Annamatov, Bahrom Xaydarov


"Paxtakor" – "Nasaf" - 0:1  
2 oktyabr 2022 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni
Gol: Dilshod Saitov 27, - 0:1 (Marko Stanoevich).

"Paxtakor":
35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov (42.Abbosbek Fayzullaev, 46), 5.Oleksandr Nasonov, 23.SHerzod Azamov (77.Dostonbek Tursunov, 70), 88.SHahzod Azmiddinov, 7.Odiljon Hamrobekov, 17.Dostonbek Hamdamov (63.Muhammadali O'rinboev, 63), 27.Sardor Sobirxo'jaev, 8.Azizbek Turg'unboev (46.SHahriyor Jabborov, 86), 10.Dragan CHeran, 19.Pshemislav Banashak.
Zaxira: 51.Otabek Boymurodov, 13.Ilya Martinovich, 26.Behzod Nematov, 28.Diyor Xolmatov, 32.Behruz Asqarov, .

"Nasaf":
35.Abduvohid Nematov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev, 8.Dilshod Saitov, 10.Husayn Norchaev (9.Ivan Solovyov, 63), 19.Lima Kruz Mateus (20.SHahzod Akramov, 90+5), 22.Akmal Mozgovoy (6.Murodbek Rahmatov, 90+5), 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov (2.Alibek Davronov, 79), 88.Marko Stanoevich (17.Suhrob Nurulloev, 79), 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 13.Azamat Soyibov, 7.SHarof Muhitdinov, 23.Sardor Sadullaev



"SHERLAR" CHEMPIONLIK MISSIYASI MUDDATIDAN AVVAL BAJARADIMI?

"Paxtakor" ertaga g'alaba qozonish orqali muddatidan avval chempionlik masalasini rasman hal qiladi. Bunda ochkolardagi tafovut 7 ochkoga etadi. Keyingi 2 turda yutqazgan taqdirda ham 1 ochko farq qoladi. Durang esa "sherlar"ning oltin medallar missiyasini bajarish vazifasini yana bir turga suradi. Ayni paytda ikki jamoa o'rtasidagi farq 4 ochkoni tashkil qilmoqda. Agarda "ajdarlar" Toshkentdan 3 ochko bilan qaytadigan bo'lsa, intriga so'nggi turgacha qoladi. "Paxtakor"ning ustunligi so'nggi 2ta turni o'z maydonida o'tkazadi va ochko yo'qotish ehtimoli kamroq, deb o'ylayman. "Nasaf" "Paxtakor" imtixonidan o'tgach OCHLda Qarshida "SHarja"ni qabul qiladi. Oradan 6 kun o'tib O'zbekiston kubogi finalida maydonga chiqadi. 

"Paxtakor"

24-tur. "Paxtakor" - "Nasaf"

25-tur. "Surxon" - "Paxtakor"

26-tur. "Paxtakor" - "Bunyodkor"

"Nasaf"

24-tur. "Paxtakor" - "Nasaf" 

25-tur. "Nasaf" - "So'g'diyona" 

26-tur. OKMK - "Nasaf"


"Nasaf" ayni paytda o'yin sifati borasida Superliganing barcha jamoasidan bir bosh baland hisoblanadi. Ertangi uchrashuvda ham ustunlik "Nasaf" tomonida. Jamoaning ishtaxasi ancha ochilgan. Dastlab hech kim yuta olmagan "Neftchi"ni taslim qildi. Keyingi turda yaxshi seriya ko'rsatib kelayotgan "Metallurg"dan ustun keldi. O'tgan turda "Navbahor"ni chempionlik poygasidan deyarli chiqarib yubordi. Umumiy qilib aytganda so'nggi 3-4ta o'yinda darajasi past bo'lmagan jamoalar bilan munosib natija ko'rsatdi. 

Bu yil "Paxtakor" 2 marotaba "Nasaf" bilan to'qnash kelib g'alaba qozongani yo'q. O'zbekiston Superkubogida 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsa, chempionat doirasida Qarshida kechgan o'yinda 0:0 durang qayd etildi. O'zaro o'yinlardagi so'nggi 4ta uchrashuvda "Nasaf" "Paxtakor"ga mag'lubiyatga uchramagan. 

07.05.2022. "Nasaf" - "Paxtakor" 0:0

02.10.2022. "Paxtakor" - "Nasaf" 0:1

15.08.2023. "Nasaf" - "Paxtakor" 0:0

24.08.2023. "Paxtakor" - "Nasaf" 1:2


"NASAF" MEHMONDA, "PAXTAKOR" TOSHKENTDA MAG'LUB BO'LMAYAPTI 

"Nasaf" jamoasi ikkinchi davrada mehmonda faqat "Turon"ga mag'lub bo'ldi. Umuman jamoa safarda ochko jamg'arish bo'yicha Superliganing ikkinchi jamoasi bo'lib turibdi. "Nasaf" raqiblar maydonida bu mavsum 21 ochko to'pladi. "Paxtakor" esa o'z maydonidagi so'nggi 3ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchragani yo'q. "SHerlar" so'nggi bor davra boshida "Neftchi"ga engilgandi. 

"Surxon" - "Nasaf" 1:2

"Turon" - "Nasaf"  (O'zbekiston kubogi) 1:2

"Olimpik" - "Nasaf" 1:3

"Navbahor" - "Nasaf" 0:1


"Paxtakor" - "Metallurg" 1:0

"Paxtakor" - OKMK 2:2

"Paxtakor" - "Turon" 3:0

O'ZARO O'YINLARDAGI TO'PURARLAR 

"Nasaf" bilan o'yinlar to'purarlari

7 - Dragan CHeran 

6 - Igor Sergeev

5 - Anvar Soliev, Ismael Gonsalvesh

4 - Aleksandr Geynrix, Server Jeparov

3 - Dilmurod Nazarov, Mirjalol Qosimov, Odil Ahmedov, Jamshid Iskanderov, Zafar Xolmurodov.


SO'NGGI UCHRASHUV


15.08.2022. Superliga 11-tur

"Nasaf" - "Paxtakor" 0:0

"Nasaf": 1. Umidjon Ergashev, 2. Alibek Davronov, 5. G'olib G'aybullaev, 7. Akmal Mozgovoy, 10. Andres CHaves (19. Mateus Lima Kruz 76'), 28. SHuhrat Muhammadiev (8. Zafarmurod Abdirahmatov 61'), 34. SHerzod Nasrullaev (17. Suhrob Nurulloev 76'), 70. Jaba Jigauri (99. Azizbek Amonov 86'), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoevich (18. Bahrom Abdurahimov 61'), 92. Umarbek Eshmurodov.

Zaxiradagilar: 35. Abduvohid Nematov, 9. Javohir Sidiqov, 21. Doniyor Narzullaev, 25. Bekjon Rahmatov.

"Paxtakor": 35. Sanjar Quvvatov, 3. Hojiakbar Alijonov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Odiljon Hamrobekov, 8. Azizbek Turg'unboev, 17. Dostonbek Hamdamov (20. Hojimat Erkinov 78'), 19. Pshemislav Banashak (11. Po'latxo'ja Xolxorxonov 89'), 27. Sardor Sobirxo'jaev (2. Behruzbek Asqarov 89'), 28. Diyor Xolmatov, 34. Farruh Sayfiev, 88. SHahzod Azmiddinov (40. Kimi Merk 75').

Zaxiradagilar: 36. Pavel Pavlyuchenko, 4. Dostonbek Tursunov, 23. SHerzod Azamov, 55. Muhammmadrasul Abdumajidov, 77. Dilshod Saitov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика