So’nggi yangiliklar

19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  5 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2

Prevyu. "Paxtakor" - "Mashal" Yangiliklar

Prevyu. "Paxtakor" - "Mashal"

Toshkentning "Paxtakor" klubi bu turda Muborakning "Mashal" klubini qabul qiladi.
Paxtakor (Toshkent) – Mashal (Muborak)
19 iyun 2015. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 19:30
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), X. SHodmonov (Buxoro), N. Ro'zimov (Toshkent), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 28 bor kesishgan. Ustunlik “Paxtakor” tomonida. 19ta o'yinda toshkentliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 4ta uchrashuvda “Mashal” g'olib bo'lgan. Besh uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati “Paxtakor” foydasiga 54:18. O'zaro o'inlarda “sherlar” 62 ochkoni, “Mashal” esa 17 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor” oliy ligada “Mashal” ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi poytaxt klubining eng yirik g'alabasidir. “Mashal”ning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi esa 2:0 bo'lib turibdi.

2014 yil to'rtinchi turda Muborakdagi o'yinda muxlislar faqat bitta gol ko'rishgan. Jamshid Iskanderov ikkinchi bo'lim boshida “Mashal”ni ranjitgandi – 0:1. Toshkentda esa Bahodir Pardaev, Kamoliddin Tojiev va Oybek Qilichev “sherlar”ning yirik g'alabasini taminlagandi – 3:0.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
23.08.2014 Paxtakor - Mashal 3:0
14.09.2012 Paxtakor - Mashal 3:0
10.10.2011 Paxtakor - Mashal 1:0
22.04.2010 Paxtakor - Mashal 1:0
03.07.2009 Paxtakor - Mashal 3:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Paxtakor” o'z maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda ushbu raqibni 12 marta taslim qilgan. “Mashal” safarda bir bor g'alaba qozongan va bir marta durang o'ynagan. Oxirgi olti o'yinda “sherlar” faqat g'alaba qozonishgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика