⚡️ PREVYU. O'zbekiston 2012 yildagi mag'lubiyat uchun koreyaliklardan revansh oladimi?
15 mar 2023 10:00
Yangiliklar
⚡️ PREVYU. O'zbekiston 2012 yildagi mag'lubiyat uchun koreyaliklardan revansh oladimi?
Yarim final bahslarida bir biriga qarshi to'qnash keladigan jamoalar ham aniqlandi, ular O'zbekiston - Janubiy Koreya va Yaponiya - Iroq terma jamoalari.
Yaponlar va iroqliklar bahsida favorit va katta ehtimol bilgan finalga yo'l oladigan jamoa nomi aniq, samuraylar avlodlari turnirda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishmoqda va turnir davomida bor yo'g'i 60 daqiqa hisobda ortda bordi, u ham bo'lsa Xitoy terma jamoasiga qarshi kechgan birinchi tur bahsida. Bugun Toshkent vaqti bilan 15:00da "JAR" stadionida bo'lib o'tadigan uchrashuvda katta ehtimol bilan Yaponiya ustunligida o'tadi.
Yaponlar va arablarning bahsi o'z yo'liga, bizga esa o'zimizning qorako'zlar qiziqroq va bugun ular futbol tariximizdagi azaliy raqiblarimizdan biri Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi va ushbu terma jamoalarga chuqurroq to'xtalib o'tamiz.
O'zbekiston
Bosib o'tilgan yo'l
Ravshan Xaydarov shogirdlari turnirni Suriya terma jamoasiga qarshi g'alaba bilan boshlashdi, Fayzullaevning "benefisi"ga aylangan uchrashuv bilan O'zbekiston terma jamoasi turnirdagi o'z yurishini boshladi. Ikkinchi turda esa bizga Suriyaliklarning qo'shnisi va keyinchalik jahon chempionatiga chiptani qo'lga kiritgan Iroq terma jamoasi bo'ldi. Tengma-teng kechgan bahsda, Xoldorxonovning goli evaziga O'zbekiston terma jamoasi 3 ochkoga ega chiqdi va muddatdan avval guruhdan chiqdi. Uchinchi tur bahsi esa Indoneziya terma jamoasiga qarshi kechdi va 0:0 hisobidagi nursiz durrang qayd etildi.
CHorak final bahsida esa bizni kuchli raqib Avstraliya kutib turgan edi. 34 ming muxlis tashrif buyurgan "Bunyodkor" stadionida o'tgan uchrashuv 120 daqiqa davom etib, penaltilar seriyasiga qadar etib bordi va faqatgina avstraliyalik hujumchi Segechichning noaniq zarbasi, Rahmonalievni qahramonga aylanishiga yordam berdi va u so'ngi penaltini to'g'ri amalga oshirib, 8 yil deganda O'zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqdi.
Taktika va uslub
Ravshan Haydarov jamoasi ko'proq individual mahorat va o'yinchilarning motivaciyasiga tayanib o'ynaydi, musobaqada porlayotgan Abbosbek Fayzullaev, jamoa sardori Umarali Rahmonaliev va xujumchi Po'latxo'ja Xoldorxonovlar O'zbekiston terma jamoasi nomli katta "poezd"ning asosiy "lokomotiv"idir. O'zbekiston U20 terma jamoasi asosan ikkita uslubda o'ynamoqda. Iroq va Indoneziyaga qarshi kechgan uchrashuvlarni 4-2-3-1 taktikasida o'ynagan terma jamoamiz. Suriya va chorak finaldagi raqib Avstraliyaga qarshi kechgan bahsda himoyani kuchaytirgan holda yani 5-4-1 uslubida o'yinni boshladi. Asli yarimhimoyachi bo'lgan "Paxtakor" futbolchisi Diyor Ortiqboev yarimhimochiyadan, markaziy himoyaga o'tkaziladi va jamoa qo'shimcha yana bir himoyachiga ega bo'ladi. Avstraliya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda esa jamoamiz hujumga utayotgan pallada markaziy himoyachilarning(aniqrog'i O'rozov) biri yarimhimoyachi poziciyasiga ko'chib o'tadi va uzatmalarga javobgar bo'ladi. Ikki qanot yarimhimoyachisi esa qanot vingerlariga aylanishadi.
Janubiy Koreya
Bosib o'tilgan yo'l
Janubiy Koreya Osiyo mintaqasida bo'lib o'tadigan barcha musobaqalarda favoritlar ro'yxatida bo'ladi va ushbu U-20 Osiyo kubogi ham istisno emas. Qura natijalariga ko'ra koreyaliklar "S" guruhidan joy olishgan edi va ularga raqib sifatida: Tojikiston, Ummon va Iordaniya terma jamoalariga qarshi bahslar o'tkazishdi. Guruh bosqichining dastlabki uchrashuvini Koreyaliklar, Ummon terma jamoasiga qarshi o'tkazishdi. Iqtidorli va nomdor (Xuan David Mansilya) murabbiy qo'l ostida harakatlanayotgan bo'lishiga qaramay, ummonlik futbolchilar yirik hisobda(4:0) hisobida mag'lub bo'lishdi. Janubiy koreyaliklar ikkinchi turning o'zidayoq guruhdan chiqish masalasini hal etishdi va Iordaniyani 2:0 hisobida mag'lub etishdi. Uchinchi turda esa asosiy tarkibini pley-off bosqichiga asrab qo'ygan Yong Jun Kim shogirdlari Tojikiston terma jamoasiga qarshi nursiz durang qayd etishdi va guruhni 7 ochko bilan, birinchi o'rinda yakunlashdi. Qizig'i shundaki, Janubiy Koreya terma jamoasi guruh bosqichida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. CHorak final bahsida esa Koreyaliklar qo'shnisi "CHin yurti" vakillariga qarshi bahs olib borishdi va avvaliga hisobda ortda borayotgan koreyaliklar, "kambek" qayd etib qo'shimcha taymlarda g'alabani ilib ketishdi, yakuniy hisob 3:1.
Taktika va uslub
Janubiy Koreya futbolining qolganlardan ajralib turadigan jihati shundaki, ular tizimli futbol o'ynashadi va o'z taktik uslubiga suyangan holda. Xitoy terma jamoasiga kechgan chorak final bahsida koreyaliklar 4-2-3-1 uslubida o'ynashdi. Ummon va Iordaniya terma jamoalariga qarshi esa 4-4-2 uslubida harakatlanishdi va Tojikiston terma jamoasiga qarshi esa Yong Jun Kim shogirdlari 4-1-4-1 uslubida o'ynashdi. Koreyaliklarning asosiy ustunligi bu maydon o'rtasi, koreyalik yarimhimoyachilar to'pga ega chiqishda va to'pni saqlab qolishda juda yaxshi harakatlanishmoqda. Janubiy koreyaliklarning yana bir ustunlik tomoni pressingdir.
O'zaro o'yinlar
O'zbekiston terma jamoasining eng azaliy raqiblaridan biri Janubiy Koreya termasi ekanligi hech kimga sir emas. U-19 yoshlar toifasidagi terma jamoamiz esa Koreyalik tengdoshlari bilan Osiyo kubogi tarixida uch marotaba to'qnash kelishgan va 1 ta g'alaba hamda 2 marta mag'lub bo'lgan. SHuningdek, Osiyo kubogiga tayyorgarlik jarayonida o'tgan yilining noyabr oyida Janubiy Koreya terma jamoasi bilan ikki marta nazorat uchrashuvini o'tkazgan edik va o'sha bahslarda durang (1:1) va mag'lubiyat (2:3) alamini totishgan.
2004 yilgi U-19 Osiyo kubogi. CHorak final.
O'zbekiston - Janubiy Koreya 1:2
Gollar: Nodirbek Qo'ziboev - Kim Seung Yong, SHin Yung Rok
2008 yilgi U-19 Osiyo kubogi. Yarim final.
O'zbekiston - Janubiy Koreya 1:0
Gol: SHerzodbek Karimov
2012 yilgi U-19 Osiyo kubogi. Yarim final.
Janubiy Koreya - O'zbekiston 3:1
Gollar: Kang Sang Vo (dubl), Mo CHan Jin - Igor Sergeev
Tarkib va yulduzlar
Koreyaliklar tarkibida "yulduz"li o'yinchilar etarlicha, ulardan biri Portugaliya chempionatining "Portimonensi" klubida to'p tepayotgan xujumchi Kim Yong Hak jamoaning asosiy "yulduzi", shuningdek jamoada turnir davomida "porlayotgan" ikki futbolchi yani Jin Yang Son(musobaqaning ikkinchi to'purari(3ta gol) va Kan Son Jin(musobaqada 2 ta gol urdi).
Hulosa
O'zbekiston terma jamoasi uchun haqiqiy sinov bo'lishi aniq. Koreya terma jamoasi bugungi uchrashuvda favorit sifatida maydonga tushadi.
Imkoniyatlar: 40/60
Abdulvosit Bektemirov
Fikrlar