Prevyu. "Olimpik" Qarshida "Nasaf"ga qarshi
01 mar 2024 12:30
Yangiliklar
Prevyu. "Olimpik" Qarshida "Nasaf"ga qarshi
Ushbu jamoalar hozirga qadar Superligada 4 marta to'qnash kelishgan. "Ajdarlar" ikki bor bu raqibni taslim qilgan, 1 marta "Olimpik"ning qo'li baland kelgan, yana bir bor durang qayd etilgan. "Nasaf" bu o'yinlarda 8ta gol urgan va 5ta gol o'tkazgan.
Qarshida o'tgan ikkala bahsda ham "Olimpik" g'alaba qozona olmagan 1ta durang va 1ta mag'lubiyat. O'tgan mavsumdagi har ikkala uchrashuvda ham Ro'ziqul Berdiev shogirdlari 3tadan gol urib, g'alaba qozonishgan.
Bu jamoalar o'rtasidagi barcha o'yinlar:
28.09.2023 "Olimpik" – "Nasaf" 1:3
24.04.2023 "Nasaf" – "Olimpik" 3:0
12.11.2022 "Olimpik" – "Nasaf" 2:0
30.06.2022 "Nasaf" – "Olimpik" 2:2
Hakamlar
Qarshidagi bahsni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Asimov o'tgan yil "Nasaf" ishtirokidagi uchta bahsda bosh hakam bo'lgan (O'zbekiston kubogi finali ham) va ularning barchasida qarshiliklar g'alaba qozonishgan. Asimov 2023 yil "Olimpik"ning ikkita o'yinida bosh hakam bo'lgan: "Paxtakor" mag'lub etilgan (3:2) va "Bunyodkor" bilan durang qayd etilgan (1:1).
"NASAF" - "OLIMPIK"
1 mart 2024 yil. 19:15
Bosh hakam: Aziz Asimov
Yordamchi hakamlar: Sanjar SHoyurupov, Alisher Usmonov
To'rtinchi hakam: Umidjon Nutfulloev
VAR: Ahror Risqullaev
AVAR: Avaz Abdullaev
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Qudrat Madraimov
"Olimpik" yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rdi: Jamoaning bu yilgi bosh maqsadi - Parij!
Taxminiy tarkiblar:
"Nasaf": Abduvohid Nematov, Murodbek Rahmatov, SHuhrat Muhammadiev, G'olib G'aybullaev, Igor Golban, SHerzod Nasrullaev, Akmal Mozgovoy, Javohir Sidiqov, Temur CHogadze, Viktor da Silva, Bobir Abdiholiqov.
"Olimpik": Hamidullo Abdunabiev, Saidazamat Mirsaidov, SHahzod Toirov, Akbar Abdirasulov, Jaloliddin Sodiqov, Abdurauf Bo'riev, Ibrohim Ibragimov, Farruh Muxtorov, Muhammadaziz Ibrohimov, Otabek Jo'raqo'ziev, Asad Jo'raboev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хитойдан енгилди ва мусобақа билан хайрлашди
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
Ла Лига. "Реал" ўз майдонида "Леванте"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar