So’nggi yangiliklar

17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  0 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  1 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  24 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  5 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  3 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2

Prevyu. "Obod" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "Obod" - "Bunyodkor"

Teglar :  ObodBunyodkor
Oliy liga debyutanti "Obod" klubi o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.

Obod (Toshkent) – Bunyodkor (Toshkent)
23 aprel 2016. Toshkent. "Jar" stadioni. 17:00
Hakamlar
: H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).
O'zPFL vakili: F. Magametov.

“Obod” va “Bunyodkor” klublari birinchi bor oliy ligada to'qnash kelishadi. Biroq jamoalar O'zbekiston kubogi doirasida 3 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. O'tgan mavsumda “Bunyodkor” maydonida o'tgan bahsda Samir Bekrich tomonidan urilgan gol “qaldirg'ochlar”ga g'alaba keltirgandi – 1:0. Javob bahsida ham hisobni Bekrich ochgan. Bunga Kamoliddin Tojiboev javob bergandi – 1:1.

Bu yil esa 1/8 final dastlabki uchrashuvda tomonlar “Obod” maydonida 2:2 hisobida durang o'ynashdi. Mezbonlar safida SHoxruz Norxonov va Akbar Xodjaev gol urishdi. “Qaldirg'ochlar” bunga Bahodir Nasimovning ikkita goli bilan javob berishdi.

“Bunyodkor” mavsumni o'z maydonida “Neftchi”ni 2:0 hisobida mag'lub etish bilan boshladi. Keyin Jizzaxda “So'g'diyona” taslim qilindi – 1:0. Toshkentda “Masha” bilan bahsda durang qayd etildi – 0:0. G'uzorda esa Lushan shogirdlari mezbonlarni 1:0 hisobida mag'lub etishdi. Oxirgi turda Toshkentda “Olmaliq” mahv etildi – 4:2.

“Obod” dastlabki turni Qo'qonda o'tkazib 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Ikkinchi turni o'z uyida “Buxoro” bilan nursiz durang qayd etdi – 0:0. Keyin Qarshida “Nasaf” bilan bahsda 0:1 hisobida imkoniyat boy berildi. Nihoyat to'rtinchi turda Toshkent klubi oliy ligada dastlabki gollarini urishga erishdi. “Qizilqum”ga qarshi o'yinda 2:2 hisobi qayd etildi. 5-turda toshkentliklar Bekobodda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi.

Fakt: “Obod” oliy ligada bu mavsumda umuman mag'lub bo'lmadi – 2ta o'yin, 2ta durang. “Bunyodkor” klubi bu mavsum safarda 2ta o'yinda umuman gol o'tkazmadi.  

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика