So’nggi yangiliklar

11:23"Ливерпуль” собиқ футболчиси "Манчестер Юнайтед"га Стерлингни сотиб олишни таклиф қилди  0 10:53Роберт Левандовски футболдаги сўнгги йилларида нималарга эришишни истаётганини айтди  0 10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  1 09:55"Насаф"нинг икки футболчиси янги мавсумни "Локомотив"да ўтказади  3 09:26"Андижон" жамоаси футболчиси "Нефтчи"га ўтади  2 08:57"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 200 миллион евро тўлашга тайёр  3 08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  5 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  5 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  8 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  12 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  10 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5

Prevyu. "Neftchi" - "Qo'qon-1912" Yangiliklar

Prevyu. "Neftchi" - "Qo'qon-1912"

Bugun vodiy derbisida "Neftchi" va "Qo'qon-1912" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

Neftchi (Farg'ona) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
30 oktyabr 2015. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 16:00
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
 
“Neftchi” va “Qo'qon-1912” oliy ligada 19 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Neftchi”ning kattagina ustunligini ko'rsatmoqda. “Neftchi” 17ta o'yinda g'olib bo'lgan, 2 marta durang qayd etilgan. “Qo'qon-1912” bu raqibni umuman mag'lub eta olmagan. To'plar nisbatida katta ustunlik “Neftchi” tomonida - 62:22. O'zaro o'yinlarda “Neftchi” 53 ochkoga ega bo'lgan bo'lsa, “Qo'qon-1912” 2 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Neftchi”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 6:1ga teng. Qo'qonliklar hisobida g'alaba yo'qligini aytib o'tdik.

Birinchi davrada Qo'qondagi uchrashuvda “Neftchi” zafar quchgan. Dastlab maydon egalari vakili Nodir Qo'ziboev hisobni ochgandi. Birinchi bo'limda SHukurali Po'latov tomonidan urilgan gol hisobni tenglashishiga xizmat qilgan. Akmal Xolmatovning kiritgan to'pi “Neftchi”ga irodali g'alabani keltirgandi – 2:1.

Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
08.09.2003 Neftchi - Qo'qon-1912  6:2
29.06.2002 Neftchi - Qo'qon-1912  6:3
29.10.2000 Neftchi - Qo'qon-1912  4:0
06.04.1999 Neftchi - Qo'qon-1912  5:1
04.04.1998 Neftchi - Qo'qon-1912  4:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” o'z maydonida bo'lib o'tgan 9ta o'yinning barchasida g'alabaga erishgan! Farg'onada o'tgan oxirgi ikki uchrashuvda “Neftchi” raqib darvozasiga 6tadan gol urgan.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика