So’nggi yangiliklar

08:02Суперлига. Бугун 14-турнинг марказий учрашуви Андижонда бўлиб ўтади  1 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  3 05:20Футзал. Футбол бўйича Европа чемпионлари иштирок этган илк жаҳон чемпионати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  10 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  4 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  11 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  2 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  1 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  7 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  1 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  1 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  3 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  4 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  26 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0

Prevyu. "Neftchi" - "Metallurg" Yangiliklar

Prevyu. "Neftchi" - "Metallurg"

Farg'onaning "Neftchi" klubi o'z maydonida Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qiladi.

Neftchi (Farg'ona) – Metallurg (Bekobod)
22 avgust 2015. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 18:30
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), X. SHodmonov (Buxoro), R. Nugmanov (Toshkent), A. Raximov (Andijon)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.

“Neftchi” va “Metallurg” oliy ligada 35 bora to'qnash kelishgan. Natijalar vodiy jamoasining kattagina ustunligini ko'rsatmoqda.

“Neftchi” 35ta o'yindan 21tasini yutgan. 8ta bahsda durang qayd etilgan. “Metallurg” bu raqibni 6 marta mag'lub etgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 69ta gol kiritgan, bekobodliklar 34 bora farg'onaliklar darvozasini ishg'ol etishgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 71 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan bo'lsa, “Metallurg”da bu ko'rsatkich 26ni tashkil etadi. Vodiy klubining o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi 7:1ga teng bo'lsa, “Metallurg”da bu ko'rsatkich 3:1ga teng.

Birinchi davrada Bekobodda tashkil etilgan o'yinda bitta gol urilgandi. Birinchi bo'lim o'rtalarida Abbosbek Maxstalievning goli “Neftchi”ga safarda g'alaba keltirgandi – 0:1. Uchrashuvni “Neftchi” 10 kishi bo'lib tugatgandi, o'shanda SHerzod Hakimov 50-daqiqada qizil kartochka olgandi.

Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
20.09.2014 Neftchi - Metallurg 2:1
09.03.2013 Neftchi - Metallurg 0:1
09.08.2012 Neftchi - Metallurg 4:0
12.03.2011 Neftchi - Metallurg 3:1
22.05.2010 Neftchi - Metallurg 3:3

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” mezbonlik qilgan o'yinlarda “Metallurg” faqat bir bor (2013 yil) g'alabaga erishgan. Bitta bahsda durang qayd etilgan. Farg'ona klubi o'z uyida 15 marta zafar quchgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика