So’nggi yangiliklar

12:25"Реал" Зиданни қайтармоқчи  1 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛда "Boxing day" даваом этади ва бошқалар  0 11:41Расман: Фежсал Мулич — “Сўғдиёна” футболчиси  4 11:23"Ливерпуль” собиқ футболчиси "Манчестер Юнайтед"га Стерлингни сотиб олишни таклиф қилди  2 10:53Роберт Левандовски футболдаги сўнгги йилларида нималарга эришишни истаётганини айтди  0 10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  1 09:55"Насаф"нинг икки футболчиси янги мавсумни "Локомотив"да ўтказади  4 09:26"Андижон" жамоаси футболчиси "Нефтчи"га ўтади  3 08:57"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 200 миллион евро тўлашга тайёр  3 08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  5 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  5 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  9 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  12 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5

Prevyu. "Neftchi" - "Buxoro" Yangiliklar

Prevyu. "Neftchi" - "Buxoro"

Murod Ismoilov boshchiligidagi "Neftchi" klubi o'z maydonida Jamshid Saidov boshqaruvidagi "Buxoro" klubini qabul qiladi.
Neftchi (Farg'ona) – Buxoro (Buxoro)
26 iyun 2015. Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. 19:00
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), A. Snetkov (Toshkent vil.), S. SHoyusupov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston)
 Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 44 bor kesishgan. Ustunlik “Neftchi” tomonida. 33ta o'yinda farg'onaliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 9ta uchrashuvda “Buxoro” g'olib bo'lgan. Ikki uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati “Neftchi” foydasiga 94:35. O'zaro o'inlarda “Neftchi” 101 ochkoni, “Buxoro” esa 29 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Neftchi” oliy ligada “Buxoro” ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi vodiy klubining eng yirik g'alabasidir. “Buxoro”ning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi esa 4:1 bo'lib turibdi.

O'tgan mavsum birinchi turda Buxorodagi o'yinda muxlislar faqat bitta gol ko'rishgan. Feruz Boboqulov birinchi bo'lim o'rtalarida “Neftchi”ni ranjitgandi – 1:0. Farg'onada esa Ro'zimboy Ahmedovning goli “Buxoro”ni taslim qilgandi – 1:0.

Farg'onada o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
03.08.2014 Neftchi - Buxoro 1:0
17.08.2013 Neftchi - Buxoro 1:0
01.07.2012 Neftchi - Buxoro 3:1
25.08.2011 Neftchi - Buxoro 2:0
26.09.2009 Neftchi - Buxoro 3:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” o'z maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda ushbu raqibga umuman imkoniyat qoldirmagan. Vodiyda tashkil etilgan 22ta bahsning barchasida mezbonlar uch ochkoga ega chiqishgan!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика