Prevyu. "Neftchi" - "Bunyodkor"
03 avg 2016 09:55
Yangiliklar
Prevyu. "Neftchi" - "Bunyodkor"
Neftchi (Farg'ona) – Bunyodkor (Toshkent)
3 avgust 2016. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:00
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), A. Capenko (Toshkent vil.), A. Qo'ldoshev (Buxoro), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
UzPFL vakili: A. Inoyatov.
“Bunyodkor” va “Neftchi” oliy ligada 19 marta o'zaro o'ynashgan. Natijalar “qaldirg'ochlar”ning katta ustunligini ko'rsatmoqda. “Bunyodkor” bu raqibni 12 marta taslim qilgan. “Neftchi” esa faqat 3 marta “qaldirg'ochlar”ni ochkosiz qoldira olgan. 4ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ham tabiiyki ustunlik “Bunyodkor” tomonida - 28:9. O'zaro o'yinlarda “Bunyodkor” 40, “Neftchi” 13 ochkoga ega bo'lgan.
“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:0ga teng. “Neftchi”ning eng yirik g'alabasi - 2:0.
Birinchi davrada Toshkentda “Bunyodkor” “Neftchi”ni mag'lub etgan. Bahodir Nasimov va Eldor SHomurodov farg'onaliklar darvozasini ishg'ol qilishgandi - 2:0.
Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
20.09.2015 Neftchi - Bunyodkor 2:0
25.10.2014 Neftchi - Bunyodkor 0:0
31.05.2013 Neftchi - Bunyodkor 0:1
21.06.2012 Neftchi - Bunyodkor 1:2
01.04.2011 Neftchi - Bunyodkor 0:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” o'z uyida bu raqibni ikki marta (2008 va 2015 yil) mag'lub etgan. Ikki marta Farg'onadagi bahsda durang qayd etilgan. Qolgan 5ta o'yinda “qaldirg'ochlar” safarda g'alabaga erishgan. Oxirgi 2 uchrashuvda “Bunyodkor” safarda gol ura olmagan.
Fikrlar