So’nggi yangiliklar

07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  0 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  84 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  25 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4

PREVYU. "Neftchi" - "Bunyodkor" Yangiliklar

PREVYU. "Neftchi" - "Bunyodkor"

Amaldagi O'zbekiston chempioni "Bunyodkor" klubi safarda "Neftchi" bilan kuch sinashadi.
Neftchi – Bunyodkor
25 oktyabr 2014. Qirguli. “Neftchi SK” stadioni. 15:00
Hakamlar:
V.Ceytlin, H.SHodmonov, R.SHoyaxmetov, A.Mo'minov.
Nazoratchi: G.Imomov.
 
“Neftchi” va “Bunyodkor” oliy ligada 15 marta o'zaro o'ynashgan. Natijalar “qaldirg'ochlar”ning katta ustunligini ko'rsatmoqda. “Bunyodkor” bu raqibni 11 marta taslim qilgan. “Neftchi” esa faqat 1 marta “qaldirg'ochlar”ni ochkosiz qoldira olgan. 3ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ham tabiiyki ustunlik “Bunyodkor” tomonida - 26:6. O'zaro o'yinlarda “Bunyodkor” 36, “Neftchi” 6 ochkoga ega bo'lgan.

“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:0ga teng. “Neftchi”ning yagona va shu bilan birga eng yirik g'alabasi 2:1.

Dastlabki davrada Toshkentda bo'lib o'tgan bahsda durang qayd etilgan. 82-daqiqada Temur Ayupovning urgan goliga mehmonlar hujumchisi Murod Bobojonov 90-daqiqada javob bergandi – 1:1.

Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
31.05.2013 Neftchi - Bunyodkor 0:1
21.06.2012 Neftchi - Bunyodkor 1:2
01.04.2011 Neftchi - Bunyodkor 0:0
18.09.2010 Neftchi - Bunyodkor 0:3
23.03.2009 Neftchi - Bunyodkor 0:3

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” o'z uyida bu raqib bilan bahsda faqat bir marta g'olib chiqqan (2008 yil). Bir marta Farg'onadagi bahsda durang qayd etilgan (2011 yil). Qolgan 5ta o'yinda “qaldirg'ochlar” safarda g'alaba qozonishgan. Farg'onaliklar o'z maydonlarida “Bunyodkor”ni 5 yildan buyon yuta olishmayapti.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика