So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  24 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  79 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Prevyu. "Navbahor" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "So'g'diyona"

Oliy liganing 4-turida "Navbahor" va "So'g'diyona" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.
Navbahor (Namangan) – So'g'diyona (Jizzax)
11 aprel 2015. Namangan. "Markaziy" stadioni. 17:00
Hakamlar:
B.Namozov, T.Galeev, A.Po'latov, A.Rahimov
Nazoratchi: R.Aytekov.

“Navbahor” hamda “So'g'diyona” klublari oliy ligada shu kungacha 38 bor kuch sinashishgan. 20ta o'yinda “Navbahor”, 13ta o'yinda esa “So'g'diyona” g'alaba qozongan. 5ta o'yinda durang natija qayd etilgan. “Navbahor” o'zaro o'yinlarda 72 bor raqib darvozasiga yo'l topa olgan. “So'g'diyona” esa 46 bor gol kirita olgan. “Navbahor” o'zaro o'yinlarda 65 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, jizzaxliklar hisobida 43 ochko mavjud. “So'g'diyona”ning “Navbahor” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:1. Namanganliklarning eng yirik g'alabasi esa 7:0.

O'tgan mavsumda bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda juda ko'p gol urilgan. Vodiyda kechgan bahsda SHaxboz Erkinov (3ta), Abdumalik Abdullaev urgan gollariga mehmonlardan Ilyos Qurbonov (2ta) javob bergandi – 4:2. “So'g'diyona” maydonida esa tomoshabinlar 9ta gol guvohiga aylanishgan. Jizzax klubi safida Suxrob Berdiev, Oleksandr Koblash (2ta), Akbar Sattaev (avtogol), Ilhom Komilov gol urishgan. “Lochinlar” tarkibida esa SHaxboz Erkinov (3ta) va Baxtiyor Yoqubov to'p kiritishgandi – 5:4.

“Navbahor” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

11.04.2014 Navbahor - So'g'diyona 4:2
29.10.2013 Navbahor - So'g'diyona 3:1
20.08.2011 Navbahor - So'g'diyona 2:1
19.09.2009 Navbahor - So'g'diyona 0:0
18.10.2008 Navbahor - So'g'diyona 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” bungi kunga qadar “Navbahor” maydonida g'alaba qozona olmagan. Vodiyda bo'lib o'tgan 15ta o'yinda “lochinlar” zafar quchishgan bo'lsa, qolgan 4ta bahsda durang qayd etilgan. Oxirgi uchta o'yinda “lochinlar” uch bor g'alaba qozonishgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика