So’nggi yangiliklar

12:13"Хоразм" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирди  0 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  4 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  3 09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  3 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  6 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  15 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  5 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  1

Prevyu. "Navbahor" - "SHo'rtan" Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "SHo'rtan"

Oliy liganing 14-turida "Navbahor" - "SHo'rtan" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Navbahor (Namangan) – SHo'rtan (G'uzor)
26 iyun 2015. Namangan. “Markaziy” stadioni. 18:00
Hakamlar
: O. Tolibjonov (Toshkent), X. SHodmonov (Buxoro), R. SHoyaxmetov (Toshkent), R. Tolibjonov (Farg'ona)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

“SHo'rtan” hamda “Navbahor” oliy ligada 18 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 9tasida “Navbahor” g'olib bo'lgan, 3ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. “SHo'rtan” hozirga qadar “Navbahor”ni 6 marta mag'lub etgan. To'plar nisbatida ham ustunlik vodiy klubi tomonida - 24:22. O'zaro o'inlarda “lochinlar” 30 ochkoni, “oq bo'rilar” esa 21 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Navbahor”ning “SHo'rtan” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 4:0ga teng. Qizig'i “SHo'rtan”ning ushbu raqib ustidan qozongan eng yirik g'alabasi ham 4:0 bo'lib turibdi.

So'nggi bor bu klublar 2013 yilgi mavsumda to'qnash kelishgandi. O'shanda 11-turda vodiyda bo'lib o'tgan o'yin taqdirini bitta gol hal qilgandi. Obid Jo'raboevning goli “SHo'rtan”ga safarda uch ochko keltirgandi. G'uzorda esa “Navbahor” safida Ayubxon Gapparov, Sohib Abdullaev va Leonid Koshelev gol urishgan, bunga bahs so'nggida Pavel Solomin javob bergandi – 1:3.

Namanganda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

20.06.2013 Navbahor - SHo'rtan 0:1
17.11.2012 Navbahor - SHo'rtan 1:1
20.03.2011 Navbahor - SHo'rtan 0:0
18.04.2010 Navbahor - SHo'rtan 4:0
05.11.2009 Navbahor - SHo'rtan 2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Vodiyda bo'lib o'tgan o'yinlarda mezbonlar 5 bor g'alaba qozonishgan. 3 bora tomonlar durang qayd etishgan. Bitta bahsda esa “SHo'rtan” safarda uch ochko qo'lga kiritgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика