Prevyu. “Navbahor” – “Qizilqum”
11 may 2018 09:18
Yangiliklar
Prevyu. “Navbahor” – “Qizilqum”
Mazkur jamoalarning Superliga (oliy liga)dagi o'zaro o'yinlari statiskasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, bu 2 klub 36 marta o'zaro ro'baro' bo'lishgan. Ushbu bahslarda “Navbahor” 13 marta, navoiyliklar esa 12 marta g'alaba nashidasini surishgan, 11ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. To'plar nisbati bo'yicha ustunlik vakillarimiz tomonida - 47–42. O'zaro o'yinlarda “lochinlar” 50, “Qizilqum” 47 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Navbahor”ning navoiyliklar ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g'alabasi – 4:0 bo'lsa, “Qizilqum”ning bu boradagi natijasi 3:0ga teng.
Namanganda o'tkazilgan so'nggi 5 uchrashuvda “Qizilqum” 1 marta zafar quchib, 4 marta imkoniyatni boy bergan.
“Navbahor” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
17.08.2017 «Navbahor» - «Qizilqum» - 3:2
29.10.2016 «Navbahor» - «Qizilqum» - 0:2
30.10.2015 «Navbahor» - «Qizilqum» - 2:1
17.10.2014 «Navbahor» - «Qizilqum» - 2:0
18.10.2013 «Navbahor» - «Qizilqum» - 1:0.
Namangandagi o'zaro o'yinlar haqida fakt: Mazkur jamoalar o'rtasidagi Namanganda o'tkazilgan bahslarda 9 marta mezbonlar g'alaba qozonishgan,
6 marta durang qayd etilgan, 3ta o'yinda navoiyliklar zafar quchishgan.
Eslatib o'tamiz, “Navbahor” – “Qizilqum” uchrashuvi 12 may kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohda soat 20:30da boshlanadi.
Fikrlar