So’nggi yangiliklar

14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  0 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  0 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  0 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  0 12:13"Хоразм" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  7 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  5 09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  1 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  5 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  2 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  8 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  15

Prevyu. "Navbahor" - "Neftchi" Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "Neftchi"

Vodiy derbisida "Navbahor" klubi o'z maydonida "Neftchi"ni qabul qiladi.

Navbahor (Namangan) – Neftchi (Farg'ona)
15 avgust 2015. Namangan. "Markaziy" stadioni. 18:00
Hakamlar:  R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O'zPFL vakili: F. Magametov.

“Navbahor” va “Neftchi” oliy ligada 47 bor kuch sinashishgan. Ustunlik “Neftchi” tomonida. 24ta o'yinda farg'onaliklar raqibni mag'lub etishgan, 12 uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Yana 11ta o'yinda “Navbahor” zafar quchgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 73 bor raqib darvozasiga yo'l topa olgan. “Lochinlar” esa 47 bor gol kiritishgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 84 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Navbahor” hisobida 45 ochko mavjud. “Navbahor”ning “Neftchi” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:0 bo'lib turibdi. “Neftchi”ning yirik g'alabasi esa – 4:1.

Birinchi davradagi bahs Qo'qon shahrida o'tgan. Unda Otabek Haydarovning “Qo'qon-1912” darvozasiga urgan goli yagona bo'lgan – 1:0. Qizig'i Otabek ikkinchi davrani aynan qo'qonliklar safida boshladi.

Namanganda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
29.03.2014 Navbahor - Neftchi 1:1
10.08.2013 Navbahor - Neftchi 1:1
16.06.2012 Navbahor - Neftchi 1:0
20.06.2011 Navbahor - Neftchi 0:2
29.05.2010 Navbahor - Neftchi 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Navbahor” o'z uyida tashkil etilgan uchrashuvlarning 9tasida uch ochkoni qo'lga kiritgan. To'qqiz marta g'olib aniqlanmagan. Besh bor “Neftchi” raqib maydonidan muvaffaqiyat bilan ortiga qaytgan. Namanganda bo'lib o'tgan oxirgi ikki o'yinda bir xil 1:1 hisobi qayd etilgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика