Prevyu. "Navbahor" - "Dinamo"
25 apr 2015 09:28
Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "Dinamo"
"Navbahor" klubi Namanganda Samarqandning "Dinamo" klubini qabul qiladi.
Navbahor (Namangan) – Dinamo (Samarqand)
25 aprel 2015. Namangan. “Markaziy” stadioni. 17:30
Hakamlar: V.Kovalenko, N.Ro'zimov, D.Saylalov, A.SHukurullaev.
Nazoratchi: G'.Karimov.
“Navbahor” va “Dinamo” oliy ligada 42 bora to'qnash kelishgan. Natijalar vodiy klubi ustunligini ko'rsatmoqda. “Lochinlar” 22ta o'yinda g'olib bo'lishgan, 8ta o'yin durang hisobida yakunlangan. “Dinamo” esa ushbu raqibni hozirga qadar 12 marta mag'lub etgan. To'plar nisbatida ham ustunlik “Navbahor” tomonida - 77:38. O'zaro o'yinlarda “Navbahor” 74, “Dinamo” esa 44 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Navbahor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 7:1ga teng. “Dinamo”da bu ko'rsatkich ancha kichik – 2:0.
O'tgan mavsum birinchi davrada Samarqandda bo'lib o'tgan bahsda maydon egalari g'alaba qozonishgan. Sanat SHixov birinchi, G'ulom O'runov ikkinchi bo'limda “Navbahor” darvozasiga to'p kiritgandi – 2:0. Namanganda kechgan uchrashuvda maydon egalari safida SHaxboz Erkinov va Mansur Saidov gol urishgan, “Dinamo” tarkibida Komil SHarofutdinov va Ildar Mamatkazin javob berishgandi – 2:2.
Namanganda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
07.11.2014 Navbahor - Dinamo 2:2
25.08.2013 Navbahor - Dinamo 1:1
12.05.2012 Navbahor - Dinamo 1:1
18.10.2011 Navbahor - Dinamo 1:1
21.08.2010 Navbahor - Dinamo 2:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Dinamo” vodiyda bu jamoaga qarshi o'yinlarda umuman g'alaba qozona olmagan. 15ta uchrashuvda “Navbahor” muvaffaqiyatga erishgan. Qolgan olti bahsda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. “Lochinlar” uyidagi so'nggi to'rt uchrashuvda durang qayd etilgan.

Fikrlar