So’nggi yangiliklar

08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  6 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  1 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  0 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  4 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  7 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2

Prevyu. “Nasaf” – “Neftchi" Yangiliklar

Prevyu. “Nasaf” – “Neftchi"

Teglar :  NasafNeftchi
XXV O'zbekiston milliy chempionatimiz ham nihoyasiga etib bormoqda. O'z-o'zidan oxirgi turlardagi uchrashuvlar ham qizg'in tus olmoqda.

Bugun ham shunday qiziqarli uchrashuvlardan biri jamoa ishtirokida G'uzorda bo'lib o'tadi.
 
“Nasaf” – “Neftchi” uchrashuvi atrofida bo'layotgan taxmin va farazlar ham turlicha. Takidlash joizki, bo'lajak uchrashuvning natijasi ko'pchilikning etiborida bo'lib turibdi. To'g'ri, jamoamizning ochko yo'qotishidan foydalanib qoladigan jamoalar ham bor. Ammo “Nasaf”ning endi ochko yo'qotishiga haqqi yo'q. CHunki, chempionat davomida qilingan shuncha mehnat va harakatlar uchun ham, mavsumni ko'ngildagidek yakunlash talab etiladi. Bu masuliyatni “ajdarlar”ning har biri his qilib turishibdi.  
 
Ko'pchilikning taxminiga ko'ra, bugun yaqqol ustunlik "Nasaf" tomonida bo'ladi. Bunday taxminlar qilishga asos, “ajdarlar”ning o'tgan turlarda ko'rsatayotgan professionallarga xos o'yinlari bo'lmoqda. SHunday bo'lishiga hammamiz ham ishonamiz. Futbolchilar bunday ishonchni oqlashga munosiblar.
 
Albatta, “Neftchi” jamoasi ham Qarshidan ijobiy natija bilan qaytishga bor imkoniyatini ishga solishi turgan gap. Yuqorida takidlaganimizdek endi har bir ochko katta bahoga ega.
 
Bu holat, o'z-o'zidan uchrashuvning murosasiz va kurashlarga boy bo'lishiga olib keladi. Bundan faqat futbol ishqibozlari yutishi turgan gap. CHunki ular qiziqarli futbol uchrashuviga guvoh bo'lishadi.
 
“Nasaf” – “Neftchi” uchrashuviga oid bazi faktlarni yana bir bor eslatib o'tsak. Jamoalar bugun o'zaro 40-marta hisob-kitob qilishadi. O'tkazilgan 39 uchrashuvda jamoalar bir xil 15 martadan g'alabaga erishishgan. Qolgan 9 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. To'plar nisbatidagi kichik ustunlik "Nasaf" tomonida - 50:48.
 
Jamoalar Qarshida bo'lib o'tgan 19 uchrashuvda o'zaro bahs olib borishgan. Bo'lib o'tgan 12 uchrashuvda “Nasaf”ning qo'li balan kelgan, 6 uchrashuvda farg'onaliklar g'alabaga erishgan. Qolgan birgina uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshida o'tkazilgan uchrashuvlarda darvozalarga jami 51ta gol kiritilgan. To'plar nisbati 33:18ni tashqil etmoqda. Ustunlik “Nasaf” tomonida.
 
Eslatib o'tamiz, uchrashuv bugun soat 16:00da G'uzor shahridagi “G'uzor” markaziy stadionida boshlanadi.
 
Muxlislarini esa har doimgidek stadionga chorlab qolamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика