So’nggi yangiliklar

22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  0 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  2 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  6 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0 20:22Эрон. "Персеполис" сафарда ғалабага эришди ва пешқадам бўлиб олди  0 19:49Каталония дербиси қайноқ ўтади. "Эспаньол" "Барселона"га қарши ўйин олдидан эҳтиёт чораларини кўрмоқда  3 19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  1 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  3 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  7 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  1

Prevyu. "Nasaf" - "Mashal" Yangiliklar

Prevyu. "Nasaf" - "Mashal"

Voha derbisida "Nasaf" Qarshida "Mashal"ni qabul qiladi.
Nasaf (Qarshi) – Mashal (Muborak)
1 iyul 2015. Qarshi. “Markaziy” stadioni. 20:00
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).

“Nasaf” va “Mashal” oliy ligada jami 24 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 12tasida qarshiliklar g'olib bo'lishgan, 6ta  o'yinda durang qayd etilgan. “Mashal” hozirga qadar o'zaro o'yinlarda “ajdarlar”ni 6 marta mag'lub eta olgan. To'plar nisbati “Nasaf” foydasiga 40:25 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Nasaf” 42 ochkoni, “Mashal” esa 24 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Nasaf”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 3:0 ga teng bo'lsa, muborakliklarda bu ko'rsatkich 4:1 bo'lib turibdi.

O'tgan yil Qarshida “ajdarlar” 4:2 hisobida g'alaba qozonishgandi. Alisher Yusupov, Artur Gevorkyan (3ta) tomonidan urilgan gollarga Mo'ydin Mamazulumov va Jahongir Abdumo'minov javob berishgandi. Muborakda esa durang qayd etilgan. 86-daqiqada Artur Gevorkyan penaltidan hisobni ochgan, 90+1-daqiqada Mirzohid G'ofurov hisobni tenglashtirgandi – 1:1.

Qarshida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
14.06.2014  Nasaf – Mashal  4:2
27.09.2012  Nasaf – Mashal  3:0
15.05.2011  Nasaf – Mashal  2:0
21.05.2010  Nasaf – Mashal  3:1
19.08.2009  Nasaf – Mashal  2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt : Bu jamoalarning Qarshida o'tgan o'yinlarida ikki marta “Mashal” g'alaba qozongan. Qolgan 10ta o'yinda “ajdarlar” o'z maydonida uch ochkoga ega bo'lishgan. Anglaganingizdek Qarshida bu jamoalar umuman durang qayd etishmagan. Oxirgi 5 yilda “Nasaf” o'z uyida “Mashal” ustidan faqat g'alaba qozongan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика