So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  7 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  10 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  8 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  10 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Prevyu. “Nasaf” - “Dinamo” Yangiliklar

Prevyu. “Nasaf” - “Dinamo”

Teglar :  NasafDinamo
SHu haftaning 20-21 oktyabr kunlari mamlakatimiz futbol ishqibozlari oliy liganing qiziqarli uchrashuvlariga guvoh bo'lishadi.

Jumladan, oliy liga 25-turi doirasidagi “Nasaf” - “Dinamo” uchrashuvi ham ana shunday uchrashuvlarning biridir.

O'zPFL 25-tur
“Nasaf” (Qarshi) – “Dinamo” (Samarqand)
20.10.2017. “Markaziy” stadion. 18:00da
Bosh hakam:
Viktor Serazetdinov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Andrey Capenko (Toshk.vil.) Sultonmurod Ulfatov (Toshkent)
Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: Sayfiddin Irmatov (Toshkent)
O'zPFL vakili: Roman CHernikov.
 
Bu jamoalar o'rtasidagi har bir uchrashuv qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy bo'lgan. SHuningdek “Dinamo” jamoasi “Nasaf” uchun doimo noqulay raqib bo'lib kelgan.

“Nasaf” mana etti uchrashuvki, zafarli odimlarini davom ettirib kelmoqda. “Ajdarlar” chempionatdagi keyingi ketma-ket olti uchrashuvda g'alabaga erishishdi. Bu uchrashuvlarda o'z darvozasidan bironta to'p o'tkazib yuborishmadi. Bu bilan aytmoqchimizki, “Nasaf” futbolchilarining ayni paytdagi  kayfiyatlari alo darajada.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur klublar oliy ligada shu kungacha  37 bor kuch sinashishgan.  Natijalar jamoamizning ustunligini ko'rsatmoqda. Bo'lib o'tgan 19 uchrashuvda “Nasaf”, 7 o'yinda esa “Dinamo” g'alabaga erishgan. 11 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan.

To'plar nisbati 52:35ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.

O'zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yirik hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Dinamo” 5:0, “Dinamo” – “Nasaf” 4:0.

Jamoamiz so'nggi o'zaro uchrashuvni 2017 yil 13 may kuni Samarqandda o'tkazgan. Bu uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan. 2016 yilgi mavsumda “Dinamo” oliy ligada ishtirok etmagan.


Qarshidagi o'zaro bahslarga oid

Ushbu jamoalar shu paytgacha Qarshida 18 bor kuch sinashishgan. Uchrashuvlarning 13tasida jamoamiz g'alaba qozongan. Ikki uchrashuvda samarqandliklarning qo'li baland kelgan. Qolgan uch uchrashuvda kuchlar teng kelgan.

Qarshidagi uchrashuvlarda darvozalarga jami 46ta to'p kiritilgan. To'plar nisbatida ham ustunlik  “Nasaf” tomonida 31:15.

Etiboringizga,  Qarshida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.

19.06.2015. “Nasaf” – “Dinamo” 2:0
15.03.2014. “Nasaf” – “Dinamo” 1:0
20.06.2013. “Nasaf” – “Dinamo” 3:2
21.11.2012. “Nasaf” – “Dinamo” 2:1
30.07.2011. “Nasaf” – “Dinamo” 0:1

“Dinamo” so'nggi bor 2011 yili Qarshidan uch ochko bilan qaytgan.

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

“Nasaf” hozirgacha yigirma to'rt uchrashuv o'tkazdi. Ularning o'n beshtasida g'alaba, ikki uchrashuvda durang va etti uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan. Ochkolari soni 47ta. Turnir jadvalining 2-pog'onasini egallab turibdi.

“Dinamo” jamoasi yigirma to'rt uchrashuvdan so'ng 26 ochko bilan turnir jadvalining 12-pog'onasida bormoqda. O'tgan uchrashuvlarning oltitasida g'alaba, sakkiztasida durang va o'n uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan.

Mazkur jamoalar ana shunday ko'rsatkichlar bilan o'zaro uchrashuvga etib kelishdi.


Jamoalar to'purarlari

“Ajdarlar” hozirgacha raqiblari darvozasini 44 marta ishg'ol qilgan. SHulardan bittasini  avtogol tashkil qiladi. Jamoamiz to'purarlar ro'yxatida Dragan CHeran karvonboshilik qilmoqda. Bu hujumchimiz shu paytgacha raqiblar darvozasiga 13ta gol kiritgan.

“Dinamo” jamoasining futbolchilari bu yilgi chempionatda raqiblari darvozasiga jami 19ta gol kiritishdi. SHulardan bittasini  avtogol tashkil qiladi. Ayni paytda jamoa to'purarlar ro'yxatini Amirjon Safarov boshqarib bormoqda. Bu futbolchi hisobidagi gollar soni - 4ta.

Uchrashuv hakamlari haqida

“Nasaf” – “Dinamo” uchrashuvini FIFA hakami Viktor Serazetdinov boshqaradigan bo'ldi. Qanotlarda unga Andrey Capenko va Sultonmurod Ulfatovlar yordam berishadi.

Uchrashuvda zaxira hakami sifatida Elyor Tursunov ishlaydi. Uchrashuvdagi hakamlar ishini Sayfiddin Irmatov nazorat qiladi.

Ushbu uchrashuvga PFL vakili sifatida Roman CHernikov tashrif buyuradi.

Viktor Serazetdinov bu yilgi mavsumda jamoamiz ishtirokidagi ikkita uchrashuvni boshqargan. Yani, bitta kubok bahsi va bitta chempionat uchrashuvi. Bu uchrashvlarning bittasida durang va bir uchrashuvda g'alaba qozongan.


O'rinbosarlar haqida

Mazkur jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv 19 oktyabr kuni Sputnik qo'rg'onidagi yoshlarimiz qarorgohi maydonida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 15:30da boshlanadi.

Yoshlarimiz mana 10 uchrashuvki maydonni mag'lubiyatsiz tark etishmoqda. Ular 24 uchrashuvdan so'ng 38 ochko to'plashib, turnir jadvalining 6-pog'onasida borishmoqda.

“Dinamo” yoshlari esa 24 uchrashuvdan so'ng 18 ochko bilan 15-o'rinni egallab turishibdi.

“Nasaf” – “Dinamo” uchrashuviga marhamat qiling, aziz futbol ishqibozlari!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика