So’nggi yangiliklar

22:33Виталий Левченко: "Чемпионатда танаффус юзага келганида шу каби ўртоқлик ўйинлари жамоа учун фойдали бўлади"  0 22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  46 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  1 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  0 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  17 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  2 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 19:10"Қорабоғ" — "Сабаҳ". Озарбайжон кубоги финали учун таркиблар маълум  0 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  0 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  1 18:10ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Улитау"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 17:38"Атлетико" Фернандо Торрес билан шартномани узайтирди  0 17:07АПЛнинг учта клуби Барколяни нишонга олди  1 16:42"Тоттенхэм" тўрт нафар футболчи клубни тарк этганини эълон қилди  0 16:18МЮ Фернандешга 80 млн евролик ўринбосар топди  2

Prevyu. "Nasaf" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "Nasaf" - "Bunyodkor"

27-turning markaziy o'yini Qarshida "Nasaf" va "Bunyodkor" o'rtasida bo'lib o'tadi.

Nasaf (Qarshi) – Bunyodkor (Toshkent)
26 oktyabr 2015. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 17:00
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), O. Jumaev (Navoiy), O. To'ychiboev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

“Nasaf” va “Bunyodkor” oliy ligada jami 17 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. SHu kunga qadar “Bunyodkor” 8ta o'yinda g'alaba qozongan. Olti o'yin durang bilan yakunlangan. “Nasaf” bugunga qadar “Bunyodkor”ni uch marta mag'lubiyatga uchratgan. “Bunyodkor” 24ta to'p kiritgan, “Nasaf” esa toshkentliklar darvozasini 9 bora aniq nishonga olgan. “Qaldirg'ochlar” o'zaro o'yinlarda 30 ochko ishlab olishgan bo'lsa, “ajdarlar”ning ushbu ko'rsatkichi 15taga teng.

“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda “Nasaf" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 5:0 ga teng. “Nasaf”ning yirik g'alabasi esa – 2:0.

Birinchi davra Toshkentda o'tgan uchrashuvda tomonlar har qancha harakat qilishsa ham raqib darvozasiga yo'l topa olishmagandi – 0:0.
 
Qarshida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:  
19.05.2014 Nasaf - Bunyodkor 2:0
03.11.2013 Nasaf - Bunyodkor 1:0
26.08.2012 Nasaf - Bunyodkor 0:0
13.08.2011 Nasaf - Bunyodkor 0:0
02.10.2010 Nasaf - Bunyodkor 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar Qarshida 8 bor kuch sinashishgan. SHundan 2tasida “ajdarlar” g'alabaga erishishgan. “Bunyodkor” safarda bu jamoani ikki marta mag'lub eta olgan. Qolgan 4 uchrashuvda g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. “Bunyodkor” Qarshidagi oxirgi 4ta o'yinda gol ham ura olmagan, g'alaba ham qozona olmagan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика