So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Prevyu. "Nasaf" - "Andijon" Yangiliklar

Prevyu. "Nasaf" - "Andijon"

Qarshining "Nasaf" klubi yangi mavsumni o'z maydonida "Andijon"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.
NASAF – ANDIJON
12 mart 2015. Qarshi. "Markaziy" stadion. 18:00
Hakamlar
: M.Muhamedov, A.Capenko, R.Serazetdinov, I.Ibragimov.
Nazoratchi: S.Najafaliev.

“Nasaf” va “Andijon” oliy ligada jami 32 bora to'qnash kelgan. Natijalar “Nasaf”ning ustunligini ko'rsatmoqda.  SHu kunga qadar “ajdarlar” 20ta o'yinda g'alaba qozonishgan. Etti o'yin durang bilan yakunlangan. “Andijon” bugunga qadar “Nasaf” 5 marta mag'lubiyatga uchratgan. “Nasaf” 77ta gol kiritgan, “Andijon” esa qarshiliklar darvozasini 42 bora aniq nishonga olgan. “Nasaf” o'zaro o'yinlarda 67 ochko ishlab olgan bo'lsa, “burgutlar”da ushbu ko'rsatkich 22 taga teng.

“Nasaf” o'zaro o'yinlarda “Andijon" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi - 8:1 ga teng bo'lsa, “Andijon”da bu ko'rsatkich – 6:0 bo'lib turibdi.

2014 yil birinchi davrada vodiyda bo'lib o'tgan o'yinda “Nasaf” g'alabaga erishgan. Bahsdagi yagona golni Farruh Sayfiev “burgutlar” darvozasiga urgandi – 0:1. Qarshidagi bahsda esa Artur Gevorkyan dublga erishgan, SHuhrat Muhammadiev bitta gol urib “burgutlar”ning yirik mag'lubiyatini taminlagan edi – 3:0.

Qarshida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
01.10.2014 Nasaf - Andijon 3:0
22.04.2012 Nasaf - Andijon 4:0
06.03.2011 Nasaf - Andijon 2:0
06.05.2010 Nasaf - Andijon 3:1
23.03.2009 Nasaf - Andijon 4:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Nasaf” o'z uyida 14 bor g'alaba qozongan, “burgutlar” Qarshidan faqat bir marta (1999 yil) g'alaba bilan qaytgan. 2007 yildagi bahsda esa “Andijon” safarda durang o'ynagan. Oxirgi olti uy o'yinida “Nasaf” olti bor zafar quchgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика