Prevyu. "Nasaf" - "Andijon"
28 apr 2016 10:00
Yangiliklar
Nasaf (Qarshi) – Andijon (Andijon)
28 aprel 2016. Qarshi. "Markaziy" stadion. 18:30
Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), S. Eremeev (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
“Nasaf” va “Andijon” oliy ligada jami 34 bora to'qnash kelgan. Natijalar “Nasaf”ning ustunligini ko'rsatmoqda. SHu kunga qadar “ajdarlar” 22ta o'yinda g'alaba qozonishgan. Etti o'yin durang bilan yakunlangan. “Andijon” bugunga qadar “Nasaf” 5 marta mag'lubiyatga uchratgan. “Nasaf” 81ta gol kiritgan, “Andijon” esa qarshiliklar darvozasini 43 bora aniq nishonga olgan. “Nasaf” o'zaro o'yinlarda 73 ochko ishlab olgan bo'lsa, “burgutlar”da ushbu ko'rsatkich 22 taga teng.
“Nasaf” o'zaro o'yinlarda “Andijon" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi - 8:1 ga teng bo'lsa, “Andijon”da bu ko'rsatkich – 6:0 bo'lib turibdi.
2014 yil ikkala o'yinda “Nasaf” g'alaba qozongan. Qarshidagi bahsda Artur Gevorkyan dublga erishgan, Oleksandr Koblash yana bir bor mehmonlar darvozasini ishg'ol qilgandi. “Burgutlar” safida yagona javob to'piga Rustam Azamov mualliflik qilgandi – 3:1. Vodiydagi uchrashuvda Artur Gevorkyan tomonidan penaltidan urilgan gol “Nasaf”ga g'alaba keltirgandi – 1:0.
Qarshida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
12.03.2015 Nasaf - Andijon 3:1
01.10.2014 Nasaf - Andijon 3:0
22.04.2012 Nasaf - Andijon 4:0
06.03.2011 Nasaf - Andijon 2:0
06.05.2010 Nasaf - Andijon 3:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Nasaf” o'z uyida 15 bor g'alaba qozongan, “burgutlar” Qarshidan faqat bir marta (1999 yil) g'alaba bilan qaytgan. 2007 yildagi bahsda esa “Andijon” safarda durang o'ynagan. Oxirgi ettita uy o'yinida “Nasaf” etti bor zafar quchgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar