So’nggi yangiliklar

00:25"Челси" Семеньони трансферидан воз кечди  0 00:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  25 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5

Prevyu. "Milan" - "Yuventus" Yangiliklar

Prevyu. "Milan" - "Yuventus"

Italiya A seriyasinig 12-turida "Milan" va "Yuventus" to'qnash kelishadi.

CHempionlar ligasi doirasida o'z maydonida "Manchester Yunayted"ga yutqazib qo'ygan "Yuventus", Italiya A seriyasida oxirgi uchta o'yinning barchasida g'alabaga erishgan "Milan" mehmoni bo'ladi.

Bugungi kunda bu ikki klubning natijalari teng deb bo'lmaydi, lekin o'zaro o'yindagi shiddat hech qaerga yo'qolgani yo'q.

Bu mavsum Italiya A seriyasida "Yuventus" ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda. Turin klubi 11ta o'yinning 10tasida g'alaba qozongan va bir bor durang o'ynagan. Etiborlisi yangi mavsumda Allegri shogirdlari chempionatda safarda 5ta o'yin o'tkazib 5ta g'alabaga erishishdi.

"Milan" esa kayfiyat jamoasiga aylanib qolganiga ancha bo'lgan. Gattuzo shogirdlari istashsa kuchli raqibga jiddiy qarshilik ko'rsata olishadi, istashsa autsayderga qarshi bahsda osongina yutqazib qo'yishadi. "Rossonerlar" bu mavsum o'z maydonlarida hozirga qadar yutqazishmadi: 4ta g'alaba, 1 durang.




Qiziqarli faktlar:

- Bu ikki jamoa Italiya chempionatida o'zaro 178ta o'yin o'tkazishgan: 69ta uchrashuvda "Yuventus", 51ta o'yinda "Milan" g'alaba qozongan. Qolgan 58ta bahsda durang qayd etilgan. v

"Milan" mezbonligida o'tgan 89ta bahsning 29tasida "rossonerlar" zafar quchishgan. 24 bor "byankonerilar" safardan uch ochko bilan qaytishgan. 36ta uchrashuvda g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan.

- Oxirgi beshta o'yinning barchasida "Yuventus"ning qo'li baland kelgan: uch marta A Seriya va ikki marta Italiya Kubogi doirasida. Bu o'yinlar orasida o'tgan mavsum Italiya kubogi finali ham bor - 4:0.

- "Milan"ning chempionatda "Yuventus" ustidan qozongan eng so'nggi g'alabasi 2016 yil 22 oktyabr kuni qo'lga kiritilgan – 1:0. Yagona golni Manuel Lokatelli o'z hisobiga yozib qo'ygandi.

- "Yuventus" chorshanba kuni bu mavsumdagi birinchi mag'lubiyatini "Manchester Yunayted"dan qabul qilib oldi (1:2).

- "Milan" o'tgan hafta oxirida bu mavsum A Seriyadagi birinchi "quruq o'yini"ni o'tkazdi (1:0 "Udineze").

- Krishtianu Ronaldu hech qachon "San-Siro" ("Juzeppe Meacca") stadionida gol urmagan. Portugaliyalik futbolchi mazkur stadionda besh marta (uch bor "Milan"ga qarshi, bir marta "Inter"ga qarshi va 2016 yilgi ECHL finalida "Atletiko"ga qarshi) maydonga tushgan. Bundan tashqari uning jamoalari bu stadionda hech qachon asosiy vaqtda g'alaba qozona olishmagan.

- O'tgan mavsum "Milan"da o'ynagan Leonardo Bonuchchi hozir "Yuventus"da, oldingi mavsum "Yuventus"da to'p tepgan Gonsalo Iguain "Milan"da o'ynamoqda.



MILAN - YUVENTUS
11 noyabr. Milan. "Juzeppe Meacca" stadioni. 00:30.
Bosh hakam - 
Paolo Maccoleni (Bergamo).

Taxminiy tarkiblar

"Milan": Donnarumma, Kalabria, Zapata, Ronmanoli, Rodriges, Kessie, Bakayoko, Laksalt, Suso, Kutrone, Kastilexo

"Yuventus": SHchesni, Kanselu, Bonuchchi, Kellini, Sandro, Xedira, Pyanich, Matyuidi, Dibala, Mandjukich, Ronaldu




BOSH MURABBIYLAR NIMA DEYDI?


Jennaro Gattuzo "Milan" ustozi:


"Yuventus" tarkibi chempionlar bilan to'la, ular xuddi o'zga sayoradan kelishgandek. "Barselona" bilan birga ular Evropaning eng kuchli jamoasi. Krishtianu Ronaldu jamoaga kelib g'oliblik ruhiyatini qo'shdi. SHunga qaramay biz maydonga boshimizni tik ko'targan holda tushamiz: futbolda istalgan narsa bo'lishi mumkin.

Allegri mening ustozim bo'lgan, hamon u bilan gaplashib turamiz. Maks ko'p bor tarkibni va taktikani o'zgartiradi".



Massimiliano Allegri "Yuventus" usozi:


"Biz o'yin taqdirini 90-daqiqaga qadar hal qilmayapmiz va katta tavakkal qilayapmiz. CHorshanba kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda vaziyatni tushunish etishmadi. Biz faqat ikki xil uslubda gol o'tkazayapmiz: standartlardan yoki "uxlab qolayapmiz". Mag'lub bo'lmaydigan jamoa yo'q. San-Siro"da bizni ajoyib o'yin kutmoqda".


AC Milan

Serie A . 12-tur

12/11/2018, 00:30

2
:
0
Tugadi

Juventus

Mario Mandzukic - 8', Cristiano Ronaldo - 81'

Stadion: San Siro, 74729 tomoshabin

Bosh hakam: Paolo Silvio Mazzoleni

45'
90'
41'  Gonzalo Higuain
61'  Tiemoue Bakayoko
61'  Samuel Castillejo (Patrick Cutrone)
74'  Ignazio Abate (Fabio Borini)
74'  Hakan Calhanoglu (Diego Laxalt)
83'  Gonzalo Higuain
83'  Gonzalo Higuain
87'  Fabio Borini
8'  Mario Mandzukic
8'  Alex Sandro
34'  Medhi Benatia
74'  Miralem Pjanic (Sami Khedira)
79'  Paulo Dybala (Douglas Costa)
81'  Cristiano Ronaldo

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика