So’nggi yangiliklar

18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  1 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  0 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  2 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  0 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  4 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  7 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  8 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  3 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2

Prevyu: "Milan" - "Arsenal" Yangiliklar

Prevyu: "Milan" - "Arsenal"

Teglar :  MilanArsenal
Bundan 10-15 yillar oldin "Milan" va "Arsenal" Evropa chempionlar ligasining finalida chiroyli o'yin o'tkazishgandi.

Biroq endi bu klublar shunday saviyadaki, ular ECHLga ham chiqa olmayapti.

Milan – Arsenal
Payshanba, 8 mart, 23:00. Milan, San-Siro. 
Bosh hakam – Kleman Turpen (Franciya).

"Arsenal" va "Milan" Evropa ligasi 1/8 bosqichining markaziy uchrashuvini o'tkazishadi. "Kanonirlar"ning o'yinlari so'nggi paylarda umuman o'xshamayapti. O'zlarining eng yomon davrlarini o'tkazmoqda desak mubolag'a bo'lmasa kerak. "Milan" esa so'nggi 13 o'yinda mag'lub etilmadi. Natija alo!

"Rossoneri"lar Italiya chempionatining navbatdagi tur bahslari o'tkazilmagani sababli o'z kuchini saqlab qoldi. Jennaro Gattuzoda ayni damda kadrlar borasida muammolar yo'q. Jamoa barcha turnirlarda yaxshi ishtirok etmoqda (Evropa ligasida 1/8 finalga chiqish, Italiya chempionatida yuqori o'rinlar uchun qattiq kurashayotgan klub aynan shu mutaxassis qo'l ostida.

"Arsenal"da ishlar juda yomon. Jamoa so'nggi o'yinlar natijasida yomon kayfiyatda, futbolchilar borasida katta muammolar... Oldin bu kamchilik hujumda ham kuzatilgan bo'lsa, ayni damda himoya ham shuning jumlasidan.

Arsen Venger o'yin uchun faqatgina Denni Uelbekni hisobga olishi kerak. Obameyang esa ECHLda o'ynay olmaydi. Lyakazet esa jarohatidan tuzalmagan.

Himoyachi Belerin ham jamoaga yordam bermaydi, uning tizzasida muammolar bor, u uzoq vaqtga safdan chiqqan. Uning vatandoshi Monreal ham belidagi muammolar sababli biroz muddatga safdan chiqqan.

"Milan" va "Arsenal" so'nggi bora 2011/12 yilgi ECHL mavsumida o'zaro to'qnash kelgan, o'shanda "rossoneri"lar o'z maydonida ishonchli g'alabaga erishgan. Javob uchrashuvida esa "kanonirlar" vaziyatni to'g'rilay olmagan. Yakuniy hisob 4:3 - "Milan" foydasiga.

Qiziqarli faktlar

- "Milan" va "Arsenal" evrokuboklarda o'zaro 6 o'yin o'tkazishgan: tomonlar ikkitadan g'alaba qozongan, ikki bora durang qayd etilgan.

- "Milan" so'nggi 13 uchrashuvda mag'lub bo'lmadi

- "Arsenal" esa so'nggi 4 bahsida yuta olmadi.

Taxminiy tarkiblar:
"Milan": Donnarumma, Rodriges, Romanoli, Bonuchchi, Kalabriya, Bonaventura, Bilya, Kesse, CHalxanoglu, Kutrone, Suso.
"Arsenal": Ospina, Kolashinac, Mustafi, Koselni, CHeymbers, Remsi, Jaka, Uilshir, Ozil, Mxitaryan, Uelbek.

Murabbiylar nima deydi:

Jennaro Gattuzo, "Milan": - "Arsenal" ayni damda og'ir damlarni o'tkazmoqda. Biroq klub tarkibida yaxshi futbolchilar yig'ilgan va ular Evropa ligasida 18 gol urishga erishgan. Raqibga katta hurmat bilan qaragan holda aytaman, uchrashuvda g'alaba qozonishga intilamiz. "Arsenal"da ham imkoniyatlar etarli. Venger 30 yillik murabbiy, uchrashuvga qanday taktika qo'llash kerakligini biladi. "Arsenal" to'p bilan yaxshi ishlaydi va texnikaga katta etibor beradi. Asosiy vazifamiz - to'pni raqibga bermaslik.

Arsen Venger, "Arsenal": - Haqiqatdan ham og'ir paytlarni boshdan kechiryapmiz. O'tgan mavsumda 75 ochko to'plashga erishgandik. Ayni damda Evropa ligasi - ECHLga yo'llanma olish uchun yagona variantimizdir. Futbolchilar juda kam gol urmoqda, biroq ayrim o'yinlarda omad kelmayapti. Bularni unutish uchun katta o'yinlarda g'alaba qozonishni uddalash kerak. Gattuzo "Milan"ni yaxshi darajaga olib chiqa oldi. Tajriba borasida ikki jamoa futbolchilarida farq katta, biroq ikki klub azolari ham bir xil saviyada.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика