Prevyu. "Metallurg" - "SHo'rtan"
02 apr 2016 09:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203427_original.jpg)
![](/upload/storage/203427_220.jpg)
Prevyu. "Metallurg" - "SHo'rtan"
Metallurg (Bekobod) – SHo'rtan (G'uzor)
2 aprel 2016. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 16:00
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), I. Xudoydotov (Toshkent)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
O'zPFL vakili: V. Letkin.
“Metallurg” hamda “SHo'rtan” oliy ligada jami 20 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 15tasida bekobodliklar g'olib bo'lishgan, 2 o'yinda “SHo'rtan” g'alabani tantana qilgan. O'zaro o'yinlarda 3 marta durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Metallurg” foydasiga 41:18ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Metallurg” 48 ochkoni, “SHo'rtan” esa 9 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Metallurg”ning “SHo'rtan” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 4:0. “SHo'rtan”ning o'zaro o'yinlarda bekobodliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 2:1.
O'tgan mavsum birinchi davrada G'uzorda o'tgan o'yinda “Metallurg” yirik g'alabaga erishgandi. SHahzodbek Nurmatov, Ayubxon No'monov va Dilmurod Karimovning gollari “SHo'rtan”ning yirik mag'lubiyatini taminlagandi – 3:0. Bekobodda esa SHahzodbek Nurmatovning urgan goli “Metallurg”ga uch ochko taqdim etgandi – 1:0.
Bekobodda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
20.11.2015 Metallurg - SHo'rtan 1:0
02.03.2013 Metallurg - SHo'rtan 1:0
19.10.2012 Metallurg - SHo'rtan 4:0
15.10.2011 Metallurg - SHo'rtan 1:1
29.05.2010 Metallurg - SHo'rtan 2:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Metallurg” o'z maydonida bu raqibni 9 marta mag'lub etgan. Bitta bahsda (2011 yil) g'olib aniqlanmagan. “SHo'rtan” o'z tarixida Bekobodda umuman g'alabaga erisha olmagan. Oxirgi uch o'yinda “Metallurg” o'z uyida gol o'tkazmagan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar