So’nggi yangiliklar

08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  0 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  8 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0

Prevyu. "Metallurg" - "Qo'qon-1912" Yangiliklar

Prevyu. "Metallurg" - "Qo'qon-1912"

Oliy liganing 7-turida "Qo'qon-1912" Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'ladi.

Metallurg (Bekobod) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
30 aprel 2016. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 17:00
Hakamlar
: R. Bobomurodov (Navoiy), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).

“Metallurg” hamda “Qo'qon-1912” klublari oliy ligada shu kungacha 12 bor kuch sinashishgan. “Metallurg” 4ta o'yinda g'alaba qozongan. 6ta uchrashuvda “Qo'qon-1912”ning qo'li baland kelgan. 2ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik qo'qonliklar tomonida: 21:17. “Qo'qon-1912” o'zaro o'yinlarda 20 ochkoga ega bo'lgan, “Metalurg” esa 14 ochkoni qo'lga kiritgan. Bekobodliklarning “Qo'qon-1912” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 6:1ga teng bo'lsa, qo'qonliklarning eng yirik g'alabasi – 5:1.

Bir yil oldin Bekobodda o'tgan uchrashuvda maydon egalari g'alaba qozonishgan. Saidjon Abdujabborovning ikkita goliga Nosir Otaqo'ziev javob bergandi – 2:1. Xuddi shu hisob vodiyda ham kuzatilgandi. Dastlab hisobni “Metallurg” vakili Mirg'iyoz Sulaymonov ochgandi. Ikkinchi bo'limda Bahodir Akramov va Nosir Otaqo'ziev tomonidan urillan gollar “Qo'qon-1912”ga irodali g'alabani keltirgandi – 2:1.

Bekobodda o'tgan barcha uchrashuvlar:
06.06.2015 Metallurg - Qo'qon-1912  2:1
14.05.2003 Metallurg - Qo'qon-1912  3:1
23.03.2002 Metallurg - Qo'qon-1912  0:2
20.09.2000 Metallurg - Qo'qon-1912  6:1
18.04.1999 Metallurg - Qo'qon-1912  2:0
29.05.1998 Metallurg - Qo'qon-1912  1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Metallurg” o'z maydonida o'tkazgan 6ta o'yinning to'rttasida g'olib chiqqan. Bitta bellashuvda tomonlar ochkolarni bo'lib olishgan. Yana bitta uchrashuvda “Qo'qon-1912” safarda muvaffaqiyat qozongan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика