So’nggi yangiliklar

16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  0 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  2 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  13 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  1 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  0 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  1 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1 12:13"Хоразм" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  8 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  8

Prevyu. "Metallurg" - "Buxoro" Yangiliklar

Prevyu. "Metallurg" - "Buxoro"

Oliy liganing 28-turini "Metallurg" va "Buxoro" o'rtasidagi o'yin ochib beradi.

Metallurg (Bekobod) – Buxoro (Buxoro)
30 oktyabr 2015. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 15:00
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

“Metallurg” hamda “Buxoro” klublari oliy ligada shu kungacha 33 bor kuch sinashishgan. “Metallurg” 17ta o'yinda g'alaba qozongan. 13ta uchrashuvda “Buxoro”ning qo'li baland kelgan. Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda 3 marta durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Metallurg”da: 48:46. “Metallurg” o'zaro o'yinlarda 54 ochkoga ega bo'lgan, “Buxoro” esa 42 ochkoni qo'lga kiritgan. “Metallurg”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 3:0ga teng bo'lsa, “Buxoro”ning bekobodliklar ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 4:0.

Birinchi davrada Buxoroda tashkil etilgan bahsda mehmonlar yirik hisobda zafar quchishgan. Saidjon Abdujabborov, Ayubxon No'monov va SHahzodbek Nurmatov tomonidan urilgan gollar “Metallurg”ga g'alaba keltirgan – 3:0.

Bekobodda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
22.08.2014 Metallurg - Buxoro 4:3
29.06.2013 Metallurg - Buxoro 2:1
13.05.2012 Metallurg - Buxoro 2:0
05.08.2011 Metallurg - Buxoro 3:2
25.10.2009 Metallurg - Buxoro 2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar o'rtasidagi Bekobodda bo'lib o'tgan 16ta uchrashuvning 15tasida “Metallurg” g'alaba qozongan. “Buxoro” o'z tarixida umuman “Metallurg”ni safarda mag'lub eta olmagan, faqat bir bor (1998 yil) Bekoboddan durang bilan qaytgan. “Buxoro” safardagi oxirgi 15ta o'yinning barchasida bu jamoaga yutqazgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика