So’nggi yangiliklar

01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  0 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  2 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  2 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  2 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0

Prevyu. "Metallurg" – "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "Metallurg" – "Bunyodkor"

Teglar :  MetallurgBunyodkor
Mamlakat milliy chempionatining 24-turida Bekobodning "Metallurg" klubi o'z maydonida Toshkentning "Bunyodkor" klubini qabul qiladi.

Mazkur jamoalar shu kunga qadar o'zaro 21 marotaba kuch sinashishgan. Natijalarda tabiiyki yurtimizning nomdor klublaridan sanaluvchi “Bunyodkor”ning ustunligini ko'ramiz. Toshkentliklar 17 ta o'yinda g'alaba qozonishgan. Ikkita o'yinda “Metallurg”ning qo'li baland kelgan. Yana ikkita uchrashuvda esa kuchlar teng kelgan. To'plar nisbatidagi farq: 45-18.

Bu yilgi chempionatning birinchi davrasida Toshkentda kechgan o'yinda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etilgandi. Etiborga molik jihati, mazkur o'yinda har ikkala jamoa g'alaba qozonishi mumkin edi. Uchrashuvning 10-daqiqasida bekobodlik Dostonbek Hamdamov bunyodkorchilarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 51-daqiqada Alisher Ziyovuddinov hisobni tenglashtirdi. SHundan so'ng har ikkala jamoa o'yinchilar 11 mertlik belgidan jarima zarbalaridan foydalana olishmadi. 64-daqiqada Mirg'iyos Sulaymonovning zarbasini Murodjon Zuhurov to'sgan bo'lsa, 78-daqiqada “Metallurg” darvozaboni Zafar Safaev o'zini ko'rsatdi. U birinchi gol muallifi Dostonbek Hamdamovga ikkinchi marta muvaffaqiyat qozonish imkoniyatini bermadi.

Bekobodda o'tgan barcha uchrashuvlar:

16.06.2016 Metallurg - Bunyodkor 1:1
26.04.2015 Metallurg - Bunyodkor 1:2
01.10.2014 Metallurg - Bunyodkor 1:2
17.08.2013 Metallurg - Bunyodkor 2:3
27.09.2012 Metallurg - Bunyodkor 1:3
23.10.2011 Metallurg - Bunyodkor 2:1
19.03.2010 Metallurg - Bunyodkor 0:1
25.06.2009 Metallurg - Bunyodkor 0:4
17.08.2008 Metallurg - Bunyodkor 1:2
01.04.2007 Metallurg - Bunyodkor 0:1

Bekoboddagi o'zaro o'yinlar haqida fakt : “Metallurg” o'z maydonida faqat bir bor “Bunyodkor”dan ustun kelgan. Yana bitta uchrashuvda ochkolarni baham ko'rgan. Bu o'tgan yilgi mavsumda kuzatilgandi. Qolgan o'yinlarda esa “Bunyodkor” Bekoboddan uch ochko bilan qaytgan.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика