Prevyu: "Mashal" - "Paxtakor"
30 okt 2015 23:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/187266_original.jpg)
![](/upload/storage/187266_220.jpg)
Prevyu: "Mashal" - "Paxtakor"
"Mashal" oxirgi uchrashuvlarda muhim ochkolarni qo'lga kiritib, turnir jadvalida yuqorilashga erishdi. O'z maydonida ushbu jamoa etakchilarga jiddiy muammo yaratadi.
Oliy liga tarixida jamoalar 29 o'yin o'tkazgan. 20 bahsda "Paxtakor", 4 bellashuvda "Mashal" g'olib bo'lgan. 5 uchrashuvda durang qayd etilgan. To'plar nisbati "Paxtakor" foydasiga - 57:19.
"Mashal" o'z maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda "sherlar"ni 3 bor taslim qilgan. Jamoamiz safarda 7 bor g'alaba qozongan va 4 marta durang o'ynagan.
Birinchi davrada Toshkentdagi o'yinda "sherlar" g'alaba qozongan. Stanislav Andreevning dubli va Kaxi Maxaradzening urgan goliga "Mashal"dan Zafar To'raev javob bergandi - 3:1.
Asosiy jamoalar uchrashuvi 31 oktyabr, shanba kuni Muborakdagi Bahrom Vafoev nomli stadionda 16:00da start oladi.
"MASH'AL" - "PAXTAKOR"
Hakamlar: Rustam Bobomurodov (Navoiy), Husniddin SHodmonov (Buxoro), Obid Jumaev (Navoiy), Olim To'ychiboev (Toshkent).
Nazoratchi: G'ayrat Karimov (Toshkent).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar