So’nggi yangiliklar

10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг муддат футбол ўйнамаслиги маълум  16 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  1 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0 08:52Янги келишувга кўра Роналдунинг “Ал Насср“даги маоши маълум  16 08:27Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди  14 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди  8 07:30Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  9 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  37 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  4 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  2 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  5 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  9

Prevyu. "Mashal" - "Metallurg" Yangiliklar

Prevyu. "Mashal" - "Metallurg"

Oliy liganing 18-turida Bekobodning "Metallurg" klubi Muborakda "Mashal" mehmoni bo'ladi.

Mashal (Muborak) – Metallurg (Bekobod)
15 avgust 2015. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 18:30
Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), A. Qo'ldoshev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
O'zPFL vakili: V. SHtern.

“Mashal” va “Metallurg” oliy ligada jami 25 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Mashal”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Muborakliklar 12ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 6ta o'yinda durang qayd etilgan. 7 uchrashuvda esa “Metallurg” zafar quchgan. To'plar nisbatida ham “Mashal” oldinda – 45:33. O'zaro o'yinlarda “Mashal” 42 ochkoni, “Metallurg” esa 27 ochkoni  qo'lga kiritgan.

“Mashal”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:1 ga teng. “Metallurg”da bu ko'rsatkich 4:2 bo'lib turibdi.

Birinchi davrada  Bekobodda tashkil etilgan bahsda Sardor Rasulov tomonidan birinchi bo'limda urilgan gol “Metallurg”ga muhim g'alabani keltirgandi – 1:0.

Muborakda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
21.06.2014 Mashal - Metallurg 3:1
24.03.2012 Mashal - Metallurg 2:1
31.07.2011 Mashal - Metallurg 2:1
01.05.2010 Mashal - Metallurg 1:1
30.06.2009 Mashal - Metallurg 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar Muborakda 12ta o'yin o'tkazishgan. SHu o'yinlardan 8tasida “Mashal” g'olib bo'lgan. “Metallurg” safardan faqat bir marta (2002 yil) g'alaba bilan qaytgan. 3ta uchrashuvda durang hisobi qayd etilgan. “Mashal” oxirgi uch o'yinda bu raqibni o'z uyida uch bor mag'lub etgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика