So’nggi yangiliklar

11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  2 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  3 09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  3 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  5 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  15 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  5 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  1 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  4

Prevyu. "Mashal" - "Buxoro" Yangiliklar

Prevyu. "Mashal" - "Buxoro"

Muborakning "Mashal" klubi o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qiladi.
Mashal (Muborak) – Buxoro (Buxoro)
9 may 2015. Muborak.  Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 18:00
Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

Bu ikki klub oliy ligada 26 bor kuch sinashishgan. Natijalar “Mashal”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Muborakliklar 12 ta o'yinda g'alaba qozonishgan, 8 bahs durang bilan yakunlangan. 6 ta o'yinda “Buxoro” zafar quchgan. To'p kiritish borasida ham “Mashal” oldinda – 39:25. O'zaro o'yinlarda “Buxoro” 26 ochkoga ega bo'lgan, “Mashal” hisobida esa 44 ochko mavjud.

“Buxoro”ning “Mashal” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0. “Mashal”ning ham “Buxoro” ustidan o'zaro o'yinlardagi eng yirik muvaffaqiyati 4:0ni tashkil qiladi.

2014 yil dastlabki davrada Buxoroda tashkil etilgan bahsda jami 7ta gol urilgandi. “Mashal” safida Zohir Qo'ziboev va Mo'ydin Mamazulumov ikkitadan gol urishgan. Buxoroliklar safida Andrey Akopyanc va Suxrob Nematov to'p kiritishgan. “Mashal” vakili Salamat Qutiboev o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygandi – 3:4. Muborakdagi uchrashuvda esa tomonlar gol ura olishmagandi – 0:0.

Muborakda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:    
17.10.2014 Mashal - Buxoro 0:0
27.10.2012 Mashal - Buxoro 1:1
20.08.2011 Mashal - Buxoro 2:0
12.09.2009 Mashal - Buxoro 2:0
13.11.2008 Mashal - Buxoro 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Muborakdagi o'yinlarda mezbonlar 9 marta g'olib bo'lishgan. Uchta bahsda durang qayd etilgan. “Buxoro” ushbu raqib maydonidan faqat bir marta (2002 yil) safardan g'alaba bilan qaytgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика