Prevyu. "Lokomotiv" - "SHo'rtan"
30 okt 2015 09:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/187189_original.jpg)
![](/upload/storage/187189_220.jpg)
Prevyu. "Lokomotiv" - "SHo'rtan"
Lokomotiv (Toshkent) – SHo'rtan (G'uzor)
30 oktyabr 2015. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 16:00
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
“Lokomotiv” va “SHo'rtan” oliy ligada o'zaro 17 marta to'qnash kelishgan. Natijalar tenglikni ko'rsatmoqda. “SHo'rtan” ham, “Lokomotiv” ham 7 martadan g'alaba qozongan. 3ta uchrashuvda durang qayd etilgan. To'plar nisbati esa “Lokomotiv” foydasiga 30-17. O'zaro o'inlarda jamoalar 24tadan ochkoga ega bo'lishgan.
“Lokomotiv”ning “SHo'rtan” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 4:0ga teng. “SHo'rtan”ning eng yirik g'alabasi esa – 2:0.
Dastlabki davrada G'uzorda o'tgan o'yinda mehmonlar zafar quchishgan. Temurxo'ja Abduxoliqov, katta Jasur Hasanov, Sanjar SHoahmedov va Marat Bikmaev tomonidan urilgan gollar “temiryo'lchilar”ga yirik hisobdagi g'alabani keltirgan – 4:0.
Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
14.03.2013 Lokomotiv - SHo'rtan 3:0
21.11.2012 Lokomotiv - SHo'rtan 4:1
01.08.2010 Lokomotiv - SHo'rtan 0:1
04.06.2009 Lokomotiv - SHo'rtan 0:0
10.05.2008 Lokomotiv - SHo'rtan 3:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Lokomotiv” o'z maydonida to'rt bor g'alaba qozongan. Ikki marta durang qayd etilgan, yana ikkita o'yinda “SHo'rtan” Toshkentdan uch ochkoni olib ketgan. Oxirgi ikki o'yinda “Lokomotiv” o'z uyida ikki bor yirik g'alabaga erishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar