So’nggi yangiliklar

14:17Ўзбекистонлик ҳакам аёллар футболи бўйича ОЧЛ финалида ишлайди  0 13:59Саудия Арабистони клуби Осимхен билан музокаралар олиб бормоқда  0 13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  7 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  5 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  1 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  6 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  3 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  3 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  19 09:06Вардига Ла Лигадан таклиф бор  0 08:40“Челси“ ва “Ливерпуль“ 18 ёшли футболчи учун курашмоқда  0

PREVYU. "Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Al Ayn" (BAA) Yangiliklar

PREVYU. "Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Al Ayn" (BAA)

Teglar :  LokomotivAl Ayn
Bugun OCHL-2016 chorak finali doirasidagi "Lokomotiv" va "Al Ayn" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

OCHL. 13 sentyabr. "Lokomotiv" - "Al Ayn"
1/4 final. Javob uchrashuvi
19:00. "Bunyodkor" stadioni

UCHRASHUV RASMIYLARI:
Bosh hakam:
Muhammad Taqi Bin Jahari (Singapur)
Qanot hakamlari: Li Tzu Liang (Singapur), Ronni Ko Min Kiat (Singapur).
To'rtinchi hakam: Fu CHuan Xi (Singapur)
Nazoratchi: Ismoil Safiri (Eron)
Komissar: Munim Faxuri (Iordaniya)

Mazkur jamoalar Osiyo chempionlar ligasida o'zaro ikkinchi bor to'qnash kelishmoqda. Al Ayn shahrida kechgan birinchi o'yinda hisob ochilmagandi. Bu safar esa "Lokomotiv"dan faqat va faqat g'alaba kutib qolamiz.

Musobaqaning 1/8 final bosqichini ikkala jamoa ham muvaffaqiyatli o'tkazdi. "Lokomotiv" safarda "Al Hilol" bilan durang o'ynab, o'z maydonida 2:1 hisobida zafar quchdi. "Al Ayn" esa o'z uyida "Zobaxan" bilan durang qayd etdi va safardan 2:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi.

BAA chempionatida hali yangi chempionat start olgani yo'q. "Al Ayn" Toshkentga kelishdan oldin oxirgi o'yinini Kubok doirasida "Al Ahli"ga qarshi o'tkazib, 1:5 hisobida mag'lub bo'ldi. "Lokomotiv" esa oliy liganing 21-turida "SHo'rtan"ni 3:0 hisobida mag'lub etib, mazkur bellashuv orqali bo'lajak bahsga tayyorgarlik ko'rdi.

"Lokomotiv" haqida malumotlar:
 
- "Lokomotiv" OCHLda chorak finalga chiqqan uchinchi o'zbek klubi bo'ldi. Bungacha "Paxtakor" va "Bunyodkor" bunday natijaga erishgandi. Oxirgi marta "Bunyodkor" 2012 yil musobaqaning chorak finalida ishtirok etgan.

- "Lokomotiv" bu yilgi OCHLda umuman mag'lub bo'lmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Jamoa uchta o'yinda g'alaba qozonib, olti bor durang o'ynagan. Bundan tashqari, "Loko" o'z darvozasidan atigi 4ta gol o'tkazib yuborgan holda, beshta uchrashuvni "quruq" o'tkazgan.

- Temurxo'ja Abuxoliqov o'zining uchta goli bilan OCHLda klub to'purari bo'lib turibdi.

"Al Ayn" haqida malumotlar:
- "Al Ayn" o'z tarixida to'rtinchi bor chorak finalda ishtirok etyapti.

- Jamoa yozda o'z safiga ikki nafar futbolchini qo'shib oldi: braziliyalik Kayo va Amir Abdulrahmon.

- Bu yil "Al Ayn" safida ettita uchrashuvda maydonga tushgan Felipe Bastos klub bilan xayrlashdi.

- "Al Ayn" guruh o'yinlarini ketma-ket ikki mag'lubiyat bilan boshlagandi. SHundan so'ng jamoa qatorasiga ettita o'yinda mag'lub bo'lmadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика