Prevyu. "Lokomotiv" - "Olmaliq"
28 apr 2016 09:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/206320_original.jpg)
![](/upload/storage/206320_220.jpg)
Prevyu. "Lokomotiv" - "Olmaliq"
Lokomotiv (Toshkent) – Olmaliq (Olmaliq)
28 aprel 2016. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 17:00
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
“Lokomotiv“ hamda “Olmaliq“shu kunga qadar o'zaro 14 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar "Lokomotiv”ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Olmaliq” 3ta o'yinda yutgan, “Lokomotiv” hisobida esa 8ta g'alaba bor. Yana uchta o'yin durang bilan tugagan. To'plar nisbatida toshkentliklar ustun: 25-18. O'zaro o'yinlarda “Lokomotiv” 27, “Olmaliq” esa 12 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Olmaliq”ning “Lokomotiv” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0. O'z navbatida “temiryo'lchilar”ning “Olmaliq” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:0 ni tashkil etadi.
O'tgan yil birinchi davrada Olmaliqda o'tgan bahsda durang qayd etilgan. O'yindagi hisobni Jahongir Abdumo'minov ochgandi. Bunga Sanjar SHoahmedov javob bergandi. SHavkat Salomov yana "Olmaliq"ni oldinga olib chiqqandi. Uchrashuv so'nggida Lutfulla To'raev yakuniy hisobni o'rnatgandi - 2:2. Ikkinchi davrada “Lokomotiv” yirik hisobda zafar quchgandi. “Temiryo'lchilar” safida Mo'ydin Mamazulumov, Oleg Zoteev, Timur Kapadze va Marat Bikmaev to'p kiritishgan. “Andijon”dan esa Nemanya Yovanovich gol urgandi – 4:1.
Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
30.09.2015 Lokomotiv – Olmaliq 4:1
01.06.2014 Lokomotiv – Olmaliq 3:0
28.06.2013 Lokomotiv – Olmaliq 1:0
17.08.2012 Lokomotiv – Olmaliq 4:2
08.05.2010 Lokomotiv – Olmaliq 0:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Lokomotiv” klubi shu kungacha oliy ligada o'z maydonida olti marta "Olmaliq"ni mag'lub etdi. Bitta o'yinda durang qayd etilgan. "Olmaliq" o'z tarixida "temiryo'lchilar" maydonida umuman g'alabaga erisha olmagan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar