Prevyu. "Lokomotiv" - "Nasaf"
30 iyu 2021 10:59
Yangiliklar
"Nasaf" Superligadagi yurishini poytaxtda davom ettiradi. "Ajdarlar" chempionatning 13-turida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bilan kuch sinashadi. Bellashuv 30 iyul kuni soat 20:00 da "Lokomotiv" stadionida boshlanadi.
O'zaro uchrashuvlar tarixidan
Ushbu jamoalar O'zbekiston chempionatida shu kungacha 32 bor kuch sinashishgan. Ustunlik «ajdarlar» tomonida. Bo'lib o'tgan 15 uchrashuvda qarshiliklar, 11 o'yinda esa "temiryo'lchilar" zafar quchishgan. 6 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.
To'plar nisbati 44:33 ga teng.
O'zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar bir xil ko'rinishda: "Nasaf" – "Lokomotiv" 5:1, "Lokomotiv" – “Nasaf” 5:2.
Jamoalar so'nggi o'zaro uchrashuvni 2020 yili 3 dekabr kuni Qarshidagi "Markaziy" stadionida o'tkazgan. Bu uchrashuvda hisob ochilmagan.
Etiboringizga, jamoalar ishtirokidagi so'nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:
03.12.2020 Nasaf — Lokomotiv 0:0
27.08.2020 Lokomotiv — Nasaf 0:4
17.08.2019 Lokomotiv — Nasaf 1:0
26.05.2019 Nasaf — Lokomotiv 0:1
18.07.2018 Lokomotiv — Nasaf 3:1
Fikrlar