Prevyu. "Lokomotiv" - "Mashal"
04 noy 2015 09:40
Yangiliklar
Prevyu. "Lokomotiv" - "Mashal"
Lokomotiv (Toshkent) – Mashal (Muborak)
4 noyabr 2015. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 14:00
Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
“Mashal“ va “Lokomotiv“ oliy ligada jami 19 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar tenglikni ko'rsatmoqda. “Mashal” 19 bahsning 9tasida g'alaba qozongan. Bitta uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan va 9ta o'yinda “Lokomotiv”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati “Mashal” foydasiga 25:23. O'zaro o'yinlarda “Mashal” ham, “Lokomotiv” ham 28 ochkolik bo'lgan.
“Lokomotiv”ning “Mashal” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:1. O'z navbatida “Mashal”ning “temiryo'lchilar” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:1 ni tashkil etadi.
Dastlabki davrada “Lokomotiv” safardan g'alaba bilan qaytgan. Sanjar SHoahmedov, Temurxo'ja Abduxoliqov va kichik Jasur Hasanovning gollariga mezbonlar safida Humoyun Murtazoev javob bergandi – 1:3.
Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
01.10.2014 Lokomotiv - Mashal 3:1
15.06.2012 Lokomotiv - Mashal 1:0
26.08.2010 Lokomotiv - Mashal 0:2
18.04.2009 Lokomotiv - Mashal 1:0
21.09.2008 Lokomotiv - Mashal 1:2
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Lokomotiv” o'z uyida “Mashal”ga qarshi kechgan 9ta o'yindan beshtasida g'olib bo'lgan. Uchta o'yinda muborakliklar zafar quchishgan. Bir bor durang qayd etilgan. “Temiryo'lchlar” oxirgi ikki uy o'yinida ikki bor g'olib bo'lishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar