Prevyu. "Lokomotiv" - "Mashal"
01 okt 2014 10:41
Yangiliklar
Prevyu. "Lokomotiv" - "Mashal"
Toshkentdagi TTYMI stadionida "Lokomotiv" va "Mashal" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.
LOKOMOTIV – MASH'AL
1 oktyabr 2014 yil. Toshkent. TTYMI stadioni. 17:00
Hakamlar: Z.Qodirov, X.Mirzaahmedov, A.Snetkov, V.Najafaliev.
Nazoratchi: G.Imomov.
“Lokomotiv“ va “Mashal“ oliy ligada jami 17 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar “Mashal”ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Mashal” 17 bahsning 9tasida g'alaba qozongan. Bitta uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan va 7ta o'yinda “Lokomotiv”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati ham “Mashal” foydasiga 23:17. O'zaro o'yinlarda “Mashal” 28 ochoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Lokomotiv” 22 ochkolik bo'lgan.
“Lokomotiv”ning “Mashal” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 2:0. O'z navbatida “Mashal”ning “temiryo'lchilar” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:1 ni tashkil etadi.
Dastlabki davrada Muborakda tashkil etilgan bahsda muxlislar ikkita gol guvohiga aylanishgandi. Lutfulla To'raev va Farhod Tojievning gollari “Lokomotiv”ga safardagi g'alabani keltirgandi – 0:2.
Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
15.06.2012 Lokomotiv - Mashal 1:0
26.08.2010 Lokomotiv - Mashal 0:2
18.04.2009 Lokomotiv - Mashal 1:0
21.09.2008 Lokomotiv - Mashal 1:2
19.05.2007 Lokomotiv - Mashal 0:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Lokomotiv” klubi o'z uyida “Mashal”ga qarshi kechgan 8ta o'yindan ikkitasida g'olib bo'lgan. Yana 3ta o'yinda muborakliklar zafar quchishgan. Bitta bahsda esa durang qayd etilgan.

Fikrlar