Prevyu: "Lokomotiv" - AGMK
05 avg 2021 14:58
Yangiliklar
Prevyu: "Lokomotiv" - AGMK
O'zaro o'yinlar statistikasiga ko'ra, barcha musobaqalardagi o'tkazilgan jami 28 o'yinda "Lokomotiv" 17 g'alabani tantana qilgan, AGMK esa 7 marotaba "temiryo'lchilar"dan ustun kelgan. Qolgan 4 bellashuvda g'olib nomi aniqlanmagan. To'plar nisbati: 53-35, "Lokomotiv" foydasiga.
• O'yin bosh hakami etib tayinlangan Ahrol Risqullaev beshinchi marotaba AGMK ishtirokida uchrashuvda bosh hakamlik qiladi. Bunga qadar Risqullaev boshqargan o'yinlarda AGMK 1 g'alaba, 1 mag'lubiyat va 2 durang qayd etgan. SHuningdek, mazkur bellashuvda VAR tizimi ham ishlaydi.
Mazkur jamoalarning birinchi davradagi o'yinida Fortes va Kasyanning gollari evaziga AGMK 2:1 hisobidagi g'alabani tantana qilgandi.
Superliga, 14-tur.
7 avgust, shanba
"Lokomotiv" — AGMK (20:00)
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Sardor Qudratullaev
Translyaciya: "Sport"
Fikrlar