So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  9 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Prevyu: Jahonning eng kuchli himoyasiga qarshi "Monako"ning jo'shqin hujumi Yangiliklar

Prevyu: Jahonning eng kuchli himoyasiga qarshi "Monako"ning jo'shqin hujumi

Bugun Evropa chempionlar ligasi yarim finalining ikkinchi juftligi "Monako" - "Yuventus" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Final chiptasi uchun kurashayotgan "Monako" hamda "Yuventus" o'rtasidagi drammatik bellashuvning dastlabki qismini Franciyada tomosha qilamiz.
Bu to'qnashuvga bir so'z bilan super bahs, deya tarif berish mumkin.


Katta tezlikdagi "Monako"
Bu yilgi "Monako" hujumda dahshatli kuchga ega. "Monako"ning hujumdagi shamolining tezligiga uncha-muncha jamoalar dosh bera olishmayapti. Avvaliga guruh bosqichida "Tottenxem", "Bayer", CSKA jamoalari, keyinchalik pley-offda "Manchester Siti" hamda "Borussiya" taslim etildi. "Monako" joriy mavsumda ECHL o'yinlarida jami 21 marotaba to'p kiritishni uddasidan chiqdi. Bu shunchaki ajoyib natija. Bu fakt jamoaning hujumdagi futbolchilarining salohiyatini ko'rsatib turibdi.
Ushbu mavsum chempionlar ligasida nafaqat "Monako" kashf etildi, balki yosh iqtidor egasi Kilian Mbappening o'yinlari barchani birdek rom etdi. "Monako"ning yarim finalga qadar kelishida Mbappening xizmatlari juda katta. Kilian jamoasining pley-Offdagi barcha o'yinlarida raqib darvozabonlarini ranjitishga muvofaq bo'ldi.

Ideal "Yuve"
"Yuventus" joriy mavsumni ancha muvaffaqiyatli o'tkazmoqda. Ayni paytda jamoa barcha musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega. Evropada faqat turinliklar trebl qayd etishi mumkin. Bu esa jamoaga qo'shimcha kuch beradi. ECHLda "Monako" har bir o'yinda gol emas, gollar urayotganini alohida takidladik. "Yuventus" esa aksincha, metin himoyasi bilan ajralib turibdi. Turinliklar ushbu mavsumda ECHL uchrashuvlarida o'z darvozalarini "qulf"da ushlashni qoyillatishmoqda. "Yuventus" o'tkazilgan 10 bahsdan faqatgina ikkitasida (guruh bosqichida) gol o'tkazib yuborgan. qolgan 8ta o'yin "quruq" o'tgan. "Yuventus"ga pley-offda hali hech bir jamoa gol uroganicha yo'q. Bu ko'rsatkich shubhasiz "Yuve"ning himoya chizig'i va darvozabon Buffonning mahoratidan dalolat. Ularga ortiqcha tarif berishga hojat yo'q.
SHu bilan birga, jamoaning hujumdagi ishlari ham chakki emasligini alohida qayd etish lozim. Hujum chizig'ida Manjukich, Iguain, Dibala va Kuadrado singari yuqori darajali futbolchilari bor jamoaning bu borada muammosi bo'lmasligi ham kerak aslida.
Nega ideal "Yuve"? Masalan "Monako" haqida gapirganda, jamoaning asosiy kuchi - hujum chizig'i etirof etiladi. "Real"ning kuchli tarafi bu ijrochilar hamda maydon markazi. "Atletiko"da himoya "beton".
Bularni inkor etib bo'lmaydi. Lekin shu sanab o'tilgan jamoalarning o'zlariga yarasha kamchiliklari, muammoli taraflari ham etarlicha. "Monako" va "Real"da himoya betartibligi, "Atletiko"ning hujumi qolgan jamoalarnikiga nisbatan kuchsizligini misol keltirish mumkin.
"Yuventus"da esa barcha chiziqlarda muvozanat mavjud. Yani jamoaning barcha chiziqlarida to'liq balans yo'lga qo'yilgan. Darvozada Buffon, himoyadagi mashhur "BBC" yoki qanotlarda kimlar o'ynashini yaxshi bilasiz. Yarim himoyada esa Pyanich va Xedira asosiy rolda. Ularni o'rnini to'ldiradigan futbolchilar ham zaxirada etarlicha topiladi. Hujum vakillari haqida ortiqcha savollar bo'lmasa kerak. Yani, bir so'z bilan aytganda, hozirgi "Yuve" ECHLdagi eng ideal va kamchiliklari eng kam jamoa bo'lib turibdi. Bejizga ALlegri shogirdlarini g'oliblikka asosiy davogar sifatida qayd etishmayapti.
"Yuventus"ning har bir chizig'i kuchli va ularning barchasidan xavf kutsa bo'ladi.

SHijoat va ishtiyoq ustun keladimi yoki tajriba va aql
"Monako"ning bu yo'lga kelishini o'ziyoq katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Jamoa yarim finalga loyiq. Bu erga kelguncha "Monako" nimalarga qodir ekanligini isbotlab qo'ydi. Hozirgi shijoatkor va ishtiyoqmand jamoa finalga yo'l olsa ham bu sensaciya hisoblanmaydi. CHunki "Monako" bu natijaga erishsa, demak bunga to'la haqli bo'ladi. Nimaning evaziga bunday natijaga erishishi mumkinligini Jardim shogirdlari avvalgi o'yinlarda ko'rsatib qo'yishdi. Lekin "Yuventus" bu himoyasida muammolar qalashib yotgan "Siti" yoki "Borussiya" emasligini ham unutmagan maqul.
SHu erda bitta misol: Turindagi o'yindan keyin ko'pchilik "Barselona"dan yana "kambek" ko'ramizmi, degan hayolda yurgandi. O'shanda ham "Yuventus" bu PSJ emasligi ko'p takrorlangandi. Bu to'qnashuv oldidan ham "Monako"ga murojaat qilib, "Yuventus" bu oldingi ikkita raqibi darajasidagi jamoa emasligini aytib o'tish mumkin. "Yuventus" borasida esa shuni aytish kerakki, turinliklar bundan avval hujum chizig'i "Monako"nikidan ham kuchli jamoaga qarshi o'yinda o'z darvozalari dahlsizligini saqlab qoldi. Yani, "Yuventus" bu kabi o'tkir hujumlarga qarshi chora topa oladi.
"Monako"kachi? Bunga qisman Franciyadagi ajoyib o'yindan keyin javob olamiz.


Jardim & Allegri
Bundan ikki yil avval ushbu jamoalar murabbiylari nimchorak finalda to'qnash kelishgandi. O'shanda ikki o'yin natijasiga ko'ra, Allegri Jardimdan (1:0) ustun kelgandi. O'shanda "Monako" hozirgi tajovuzkor, hujumkor ruhda o'ynaydigan klub emasdi. Aksincha, u paytdagi jamoaning himoya chizig'i nisbatan kuchli edi. "Monako" ham shunga monand himoyaviy o'yin ko'rsatardi. O'tgan yil ichida Leonardu Jardim "yopiq" "Monako"ni haqiqiy tajovuzkor jamoaga aylantirdi. Leonardu Jardim bu vaqt mobaynida etarli tajriba va malaka ham to'plashga ulgurdi. Avvalgi "Monako" bilan hozirgisini o'rtasida katta farq mavjud.
Allegri xususida gapiradigan bo'lsak, Massimiliano Allegri avvalo kuchli taktik. Allegrida doimo ikkita yoki uchta reja bo'ladi. Taktik puxta sanalgan Allegri hozirgi kunda jahonning eng kuchli murabbiylaridan biri bo'lib turibdi. Allegri shu uch yil ichida "Yuventus"da yaxshigina o'sishga erishdi. "Yuventus" ham bu murabbiy qo'li ostida yangi pog'onaga chiqishga erishdi. Evropada ham avvalgi "Yuventus"ni qaytargan mutaxassis sifatida Allegri evropada katta obro' qozondi.
Allegrining "Yuventus"dagi asosiy missiyasi bu ECHL bosh sovrini sanaladi.
Allegri o'ynatadigan jamoalarni himoyaviy yoki hujumkor o'yin ko'rsatadi, deb bo'lmaydi. Allegri barcha zonalarda balansni ushlashga katta etibor qaratadi. Allegri kerakli paytda hujum qilishni, kezi kelganda esa himoyada qanday o'ynash kerakligini biladi.


Mbappe & Dibala
Bugungi o'yin ko'pchilikka Mbappe va Dibala qarama-qarshiligi sifatida ham qiziqroq tuyulmoqda. Ikkita jahon futbolining kelajaklari sifatida qaralayotgan yulduzlar nima karomat ko'rsatisharkin?
Mbappe ECHL uchrashuvlarini golsiz tark etmayapti. Dibala esa muhim o'yinlarda "Yuventus"ni o'z ortidan ergashtira oladigan salohiyatga ega ijrochiga aylangan.
Ajoyib iqtidor va istedod sohiblarining duelini mazza qilib tomosha qilamiz.
Kimning qo'li baland kelishini esa vaqt ko'rsatadi.
O'tgan safar Mbappe - Dembele to'qnashuvida Kilian, Dibala - Messi bahsida esa Paulo ustun kelgandi.


Mbappe ushbu mavsumda: 19 gol, 5 assistentlik


Dibala ushbu mavsumda: 17 gol, 6 assistentlik


"Monako"
To'purar: Radamel Falkao 24 gol
Assistent
: Bernardo Silva 10
Eng qo'pol futbolchisi: Fabino (11 ogohlantirish)


"Yuventus"
To'purar
: Gonsalo Iguain 26
Assistent: Miralem Pyanich 10
Eng qo'pol futbolchisi
: Xuan Kuadrado (8 ogohlantirish)



Evropa chempionlar ligasi, yarim final.

Birinchi uchrashuv.

"Monako" - "Yuventus" (23:45)

"Stad Luis II, monako" stadioni.

Bosh hakam
: Antonio Mateu (Ispaniya)

"Monako"
: Subashich; Mendi, Jemerson, Glik, Ture; Bernardu Silva, Fabino, Bakayoko, Lemar; Mbappe, Falkao.
O'ynamaydi:  Boskilya (jarohat), Karrilo (jarohat)

"Yuventus"
: Buffon; Dani Alves, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro; Pyanich, Markizio; Kuadrado, Dibala, Mandjukich; Iguain.
O'ynamaydi: Xedira (diskvalifikaciya), Pyaca (jarohat), Rugani (jarohat)


Dahshatli o'yinga eksklyuziv prevyu. "Monako" - "Yuventus" (video)

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика