So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  206 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Prevyu: Italiya "klassiko"siga marhamat! Yangiliklar

Prevyu: Italiya "klassiko"siga marhamat!

Peshqadam "Yuventus"ning "Milan" bilan o'zaro hisob-kitobi bor.


Italiya A Seriyasining 28-turi muxlislarga ajoyib to'qnashuvni tuhfa etadi.

Massimiliano Allegri jamoasi kelasi hafta ECHLda o'ynashi tufayli ushbu tur o'yinini juma kuni o'tkazadi.

"Yuventus"ning bugungi raqibi Italiyaning nomdor jamoasi "Milan" bo'ladi.
Montellaning "Milan"i birinchi davrada "Yuventus"ga yaxshigina "tarsaki" bergandi. Keyinchalik esa Italiya Superkubogi bahsida "Milan" bosh sovrinni "lotoreya" orqali "Yuventus"dan tortib olgandi.
Yaqinda esa ushbu jamoalarning Italiya Kubogi doirasidagi o'zaroq uchrashuvida "Yuventus" "Milan" to'sig'idan muvaffaqiyatli o'tdi.
Ammo jamoalarning chempionatdagi alohida hisob-kitoblari bugun davom ettiriladi.
"Yuventus" anchadan buyon Italiya chempionatida mag'lubiyatga uchramay kelmoqda. "Milan" ham so'nggi besh o'yindan buyon taslim etilmayapti. Jamoa ayni paytda yaxshi kayfiyatda. "Milan"ga kichik ustunlik berishi mumkin bo'lgan jihat bu turiinliklarning himoya markazidagi asosiy kuchi Jorjio Kellinining o'yinda ishtirok etolmasligi. SHuningdek, Kuadrado ham diskvalifikaciya tufayli uchrashuvni o'tkazib yuboradi. "Milan" safida esa birirchi davradagi o'yinda ajoyib gol urib jamoasiga g'alaba keltirgan Lokatelli uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi so'roq ostida turibdi.
Ushbu bahsda "Milan" g'alaba qozongudek bo'lsa, unda turnir jadvalining yuqori qismidagi intriga yanada oshadi. Bu jihatdan olib qaralganda, "Milan"ning g'alabasini kutadigan jamoalar va muxlislar etarlicha. "Yuventus" esa o'z ishini osonlashtirish va chempionlikka dadil qadam tashlashi uchun ham bugun yutuqqa erishishi talab etiladi. Bu g'alaba ularning ishini birmuncha osonlashtirib qo'yadi. SHuningdek, bu ular uchun principial ahamiyat kasb etadi.


Italiya A Seriyasi, 28-tur.

"Yuventus" - "Milan" (00:45) (Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX)

"Yuventus stedium" stadioni.

Bosh hakam
: Davide Massa.


Jamoalarning taxminiy tarkiblari shunday ko'rinish olishi mumkin:


O'zaro o'yinlardagi fakt:

Ushbu jamoalar jami 170 marotaba o'zaro kuch sinashishgan. "Yuventus" 61 o'yinda g'alabani tantana qilgan. "Milan" esa 49 bahsda g'oliblikni qo'lga kiritgan. Jamoalar 60 uchrashuvda durang qayd etishgan. To'plar nisbati "Yuventus" foydasiga, 234-219.


Italiya "klassiko"si ishqibozlarni aslo zeriktirib qo'ymasligi aniq. Allegri hamda Montellaning o'ylagan rejalari, tayyorlab qo'ygan scenariylari qiziqarli va shiddatli futbolni tuhfa etishiga shubha yo'q.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика