So’nggi yangiliklar

22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  2 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  22 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  0 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  2

Prevyu. "Ispaniyaga qarshi safarda o'ynash - zamonaviy futboldagi eng qiyin ishlardan biri" Yangiliklar

Prevyu. "Ispaniyaga qarshi safarda o'ynash - zamonaviy futboldagi eng qiyin ishlardan biri"

Evropa chempionatining 1-turidan o'rin olgan Ispaniya - SHveciya uchrashuvi prevyusi bilan tanishing.

Ispaniya va SHveciya hozirgacha 15 marta to'qnash kelishgan. 7ta o'yinda Ispaniya zafar quchgan, 3ta bahsda SHveciya g'olib bo'lgan. Qolgan 5ta uchrashuvda durang kuzatilgan. SHveciya so'nggi bor 2006 yilda Ispaniyadan ustun kelgan.

Bu jamoalar bir-birini yaxshi biladi. Evropa chempionati saralashida Ispaniya Madridda 3:0 hisobida g'alaba qozongandi, SHveciya o'z uyida 1:1 hisobida durang o'ynagandi. Ispanlar 2008 va 2012 yillarda Evropa chempioni bo'lishgan, ammo hozir "La roxa" oson bo'lmagan darvni boshdan kechirmoqda. Himoya markazida Serxio Ramos yo'q, yarim himoyada esa ko'p narsa 18 yoshli "Barselona" vakili Pedriga bog'liq bo'ladi.



MUHIM STATISTIKA
EVRO-2020 saralashida ispanlar eng ko'p zarba berishdi (227), eng ko'p to'p bilan muomala qilishdi (70%) va to'p uzatishda eng yuqori aniqlikka erishishdi (91%). Ispaniya "La Kartuxa" stadionida bungacha 6ta o'yin o'tkazishgan va umuman mag'lub bo'lishmagan - 4ta g'alaba va 2ta durang. Aynan shu stadionda UEFA Millatlar ligasi doirasida Germaniya 6:0 hisobida tor-mor etilgandi.

TAXMINIY TARKIBLAR
Ispaniya: Unay Simon; Aspilikueta, Lyaport, Pau Torres, Alba; Lorente, Rodri, Pedri; Jerar Moreno, Morata, Ferran Torres
SHveciya: Ulsen; Lustig, Lindelef, Danielson, Augustinsson; S. Larsson, Ekdal, Ulsson, Forsberg; Isak, Berg


Luis Enrike (Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi): "SHveciya safida jahon yulduzi deb atash mumkin bo'lgan futbolchi yo'q, ammo ular jamoaviy kuchlilar. Barcha futbolchilar baland, jismonan kuchli, himoyada tartibli o'ynashadi va maydonda nima qilishni bilishadi. Ularga qarshi bir necha bor o'ynadik va o'sha bahslarda SHveciyada ham imkoniyatlar bo'ldi. Hozir rasmiy musobaqada to'qnash kelamiz. Og'ir o'yin bo'lishiga shubha qilmayman. Umid qilamanki, barchasi biz uchun yaxshi tugaydi".

Yanne Andersson (SHveciya terma jamoasi bosh murabbiyi): "Ispaniyaga qarshi safarda o'ynash - zamonaviy futboldagi eng qiyin ishlardan biri. Bizni ajoyib sarguzasht kutmoqda. Bor kuchimiz bilan o'ynashimiz kerak, bunday darajadagi o'yinlarda o'zimizni ko'rsatganmiz va ertaga ham shunday bo'lishiga umid qilaman. O'tgan o'yinlarda Ispaniyaga tashvish tug'dirgandik. Agar barchasini to'g'ri bajarsak bizda ham imkoniyat bo'ladi".


Ispaniya - SHveciya
14 iyun 2021 yil. Sevilya. "La Kartuxa" stadioni. 23:55
Bosh hakam:
Slavko Vinchich (Sloveniya)
Qanot hakamlari: Tomaj Klanchnik va Andraj Kovachich (ikkalasi Sloveniya)
Zaxira hakami: Davide Massa (Italiya)
VAR hakami: Bastian Dankert (Germaniya)
VAR hakami yordamchilari: Kris Kevanax (Angliya), Li Betts (Angliya) va Kevin Blom (Niderlandiya).

Spain

EURO Grp. E . 1-tur

15/06/2021, 01:00

0
:
0
Tugadi

Sweden

Stadion: Estadio de La Cartuja, 10559 tomoshabin

Bosh hakam: Slavko Vincic

45'
90'
66'  Rodri (Thiago Alcantara)
66'  Alvaro Morata (Pablo Sarabia)
74'  Dani Olmo (Gerard Moreno)
74'  Ferran Torres (Mikel Oyarzabal)
87'  Koke (Fabian Ruiz)
55'  Mikael Lustig
69'  Marcus Berg (Robin Quaison)
69'  Alexander Isak (Viktor Claesson)
75'  Mikael Lustig (Emil Krafth)
84'  Kristoffer Olsson (Jens-Lys Cajuste)
84'  Emil Forsberg (Pierre Bengtsson)

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика