So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Prevyu: "Inter" - "Yuventus" yoki "Roma" ECHL yo'llanmasi uchun kurashni davom ettiradimi? Yangiliklar

Prevyu: "Inter" - "Yuventus" yoki "Roma" ECHL yo'llanmasi uchun kurashni davom ettiradimi?

Italiya CHempionati 34-turning bugungi uchrashuvlariga oid malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

"Bolonya" — "Empoli"

"Bolonya" bugungi o'yinda favorit hisoblanadi. Sinisha Mixaylovich klubga kelganidan so'ng, yaxshi natija qayd eta oldi va jamoaning elitadagi o'rnini saqlab qoldi. So'nggi 5 turda boloniyaliklar bir marta mag'lub bo'ldilar. "Rossoblu" o'zining omadli seriyasini davom ettirish niyatida, u uyda qatorasiga 4 marotaba g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi.

"Empoli" so'nggi 5 turning 2tasida ajoyib o'yin ko'rsatdi — "Atalanta" (0:0) bilan durang o'ynadi va "Napoli"ni (2:0) mag'lub etdi. Ammo A Seriya turnir jadvalining quyi pog'onasida borayotgan raqiblari bilan kuchsiz o'yin namoyish etganini takidlab ztish joiz. Hattoki, bugun toskaniyaliklar 3 ochkoni qo'lga kiritsalar ham, elitadan chiqib ketish ehtimoli yuqoriligicha qolaveradi.

Bugungi ikki jamoaning ham oldiga qo'ygan asosiy vazifasi 3 ochkoni qo'lga kiritish. Bu ochko elitadan chiqib ketishi mumkin bo'lgan "Empoli" uchun juda ham muhim. Har ikki klub hujumkor o'yin namoyish etishni xush ko'rishini hisobga olsak, bugungi uchrashuv qiziqarli o'tishiga shubha yo'q.


"Roma" — "Kalyari"

Rimlik "bo'rilar" oxirgi uchrashuvlardagi omadli ishtiroki tufayli mavsumni qutqarib qolish imkoniyatiga ega. Jamoa top-4 uchun kurashga qayta oldi. So'nggi uchrashuvda "Inter" (1:1) bilan durang qayd etildi. "Milana" va "Lacio"ning ochko yo'qotganini inobatga olsak, "Roma" "Milan" va "Atalanta"ga bir ochkoga yaqinlashib olishdi va "Lacio"dan uch ochkoga ilgarilab ketishdi. Klaudio Raneri vanihoyat jamoadagi vaziyatni tushunib etdi va tarkib tanlashda adashmayapti. Jarohatlanganlar bilan muammo hech qaerga yo'qolgani yo'q. Milanda asosiy himoyachilardan biri Kostas Manolas jarohat tufayli o'yinni o'tkazib yubordi, lekin navbatdagi o'yinga grek tarkibga qaytadi. Lekin De Rossi, Santon va Karsdorpsiz . Diskvalificiyaga uchraganlar tarkibda ikkita – Nikolo Dzanolo va Brayan Kristante sariq kartochkalar tufayli o'yinni o'tkazib yuborishadi.

Yaqinda "Kalyari"ni elitada jon saqlash uchun kurashadi deyilayotgan edi, Bugungi kunda jamoa o'ninchi o'rinda bormoqda va "Fiorentina", hamda "Sassuolo"dek klublarni ortda qoldirmoqda. Maran shogirdlari ikkinchi davrada butkul o'zgarishdi, oxirgi 10 o'yinda 6 g'alaba. Jamoa o'z uyida ishonchliroq o'yin ko'rsatmoqda. Lekin oxirgi ikki safar uchrashuvi "Torino" (1:1) va "Kevo" (3:0) bilan bahs bundan mustasno.


"Inter" — "Yuventus"

Milanliklar turnir jadvalining 3-pog'onasini band etib turibdilar. Eng yaqin taqibchi "Milan" 5 ochkoga ortda qolib ketmoqda, ikkinchi o'rindagi "Napoli"gacha 6 ochko. So'nggi paytlarda milan klubi stabil o'yin ko'rsata olmayapti – ikki g'alaba, ikki durang va bitta mag'lubiyat. Diskvalificiya qilinganlar va jarohatlanganlar tarkibda yo'q va hamma bo'lajak o'yinga tayyor.

"Yuventus" o'tgan hafta chempionatdagi ishini yakunladi desak ham bo'ladi: turinliklar — Italiya chempioni! Biroq oxirgi bahsda o'zlariga ishonch bilan o'yin namoyish etolmadilar. Bunga asosiy sabablardan biri raqobat yo'qligi deyish mumkin. "Keksa sinora" mavsumni oxiriga etkazishi kerak. O'yinni tomosha qilish uchun asosiy motivator jamoada yulduz futbolchi Krishtianu Ronaldu borligidir.

"Yuventus" chempion bo'lganiga qaramay, bugungi bahs "Italiya Derbi"si hisoblanadi. Birinchi davra uchrashuvida "neradzurri" kichik hisob bilan Turinda mag'lub bo'lgan, ammo Milandagi uchrashuvlarda vaziyat odatda boshqacharoq bo'ladi. Turinliklarga ushbu raqib maydonida hech qachon oson bo'lmagan. Oxirgi 5 o'yinda chempionlar ikki marta mag'lubiyat alamini totishgan, yana 7 uchrashuvning 6 tasida kamida bittadan gol qo'yib yuborishgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика