So’nggi yangiliklar

09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  7 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  3 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6

Prevyu. Hujumchilariga ishongan Uels tartibli SHveycariyaga qarshi maydonga tushadi Yangiliklar

Prevyu. Hujumchilariga ishongan Uels tartibli SHveycariyaga qarshi maydonga tushadi

Evropa chempionatining 1-turidan o'rin olgan Uels - SHveycariya uchrashuvi prevyusi bilan tanishing.

FAKTLAR 

Uels terma jamoasi shveycariyaliklarga qarshi so'nggi o'yinlariga ham deyarli o'n yil bo'lmoqda. Evro-2012 saralash bahslarida uelsliklar 2:0 hisobida g'alabani tantana qilishgan. O'sha uchrashuvda Garet Beyl va Aaron Remzi raqib darvozasiga gol urib, jamoasi uchun g'alabani taqdim etishgan. Bugungi bahsda ham Garet katta ehtimol bilan asosiyida boshlaydi, biroq Aaronda vaziyat biroz boshqa. Murabbiylarni Remzining hozirgi holati havotirga solmoqda va ular turnirning ilk turida tavakkal qilmaslikni o'ylashmoqda.

 Yulduzli duet bugun yana Uels terma jamoasini g'alabasini taqdim etadimi? Robert Peydj shogirdlari o'tgan Evro kabi ajoyib natijani qayd eta oladimi? Nima bo'lgan taqdirda ham dunyoda g'ayrioddiy narsalar ko'proq sodir bo'ldi ...

QIZIQ STATISTIKA

SHveycariya Uelsga qarshi etti bahsdan beshtasida g'alaba qozongan. 

TAXMINIY TARKIBLAR 

Uels: Uord; Mepam, Rodon, Devis; Roberts, Allen, Ampadu, Uilyams; Djeyms, Uilson, Beyl

SHveycariya: Sommer; Elvedi, SHer, Akandji; Mbabu, Zakariya, Djaka, Rodriges; SHakiri; Embolo, Seferovich

BOSH MURABBIY FIKRLARI: 

Uels  terma jamoasi bosh murabbiyi Robert Peydj: " Terma jamoaning bosh murabbiyi bo'lish va uni ushbu uchrashuvga olib chiqish - bu mening faoliyatimdagi eng faxrlanadigan ajoyib lahza. Men futbolchilarga yuragimdan ko'rsatmalar beraman Muxlislarimiz, bizning "Qizil devorimiz"! Ular bizni turnida munosib ishtirok etishimizni xoxlashadi. O'yinchilar tayyor bo'lishadi, lekin doim sovuqqonlikni saqlab qolishimiz kerak. Umuman olganda, bu erda to'g'ri muvozanatni saqlash lozim".

SHveycariya terma jamoasi bosh murabbiyi Vladimir Petkovich: "Uels – ancha murakkab raqib. Ular himoyada ancha jips harakat qilishadi va yakkama-yakka vaziyatlardan yaxshi foydalanishadi. SHuningdek, ularning hujim chizig'i ham kuchli. Uchrashuvda ustunlikni qo'lga kiritib, o'yinni biz istagandek davom etishga harakat qilamiz. Raqib jarima maydonchasida xavfli vaziyatlarni tashkil etishimiz va vaziyatlarimizdan foydalanishimiz kerak Ammo buning uchun biz bir soniyada ham kontsentraciyani yo'qotmasligimiz lozim. ".

Uels - SHveycariya 

12 iyun 2021 yil. Boku. "Olimpiya" stadioni. 18:00

Bosh hakam: Kleman Tyurpen (Franciya)

Qanot hakamlari: Nikolya Dano va Siril Grengor (ikkisi Franciya)

Zaxira hakami: Srjan Yovanovich (Serbiya)

VAR hakami: Fransua Letese (Franciya)

VAR hakami yordamchilari: Jerom Brisar va Benjamen Pajes (ikkisi Franciya), Pavel Gil (Polsha). 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика