So’nggi yangiliklar

09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  7 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6

Prevyu. Daniya - Finlyandiya: 72 yillik anana buziladi-mi? Yangiliklar

Prevyu. Daniya - Finlyandiya: 72 yillik anana buziladi-mi?

Evropa chempionatining 1-turidan o'rin olgan Daniya - Finlyandiya uchrashuvi prevyusi bilan tanishing.

FAKTLAR 

Daniya o'zida EVRO final bosqichi doirasida birinchi uchrashuvni katta qiziqish bilan kutmoqda. Jamoa sardori Simon Ker bu borada shunday fikr bildirdi: "Biz bosimni his qilyapmiz, lekin bu ijobiy tasir qilayotgan bosim!" 

O'z navbatida Finlyandiya umuman bu darajadagi birinchi o'yiniga tayyorlanmoqda. Finlyandiya muxlislari uchun yaxshi yangilik - sardor Tim Sparv va hujumchi Teemu Pukki safga qaytdi. 

"Daniyadan ko'p narsa kutishayotganidan xabardormiz, lekin biz oxirigacha kurashamiz", - dedi Sparv.

QIZIQ STATISTIKA

Daniya o'z maydonida Finlyandiyaga qatorasiga 21 o'yindan buyon mag'lub bo'lmayapti - seriya 1949 yildan buyon davom etmoqda (18 g'alaba, 3 durang).


TAXMINIY TARKIBLAR 

Daniya: SHmeyxel; Mele, Ker, Kristensen, Vass; Eriksen, Xeyberg, Dileyni; Poulsen, Dolberg, Breytveyt

Finlyandiya: Gradecki; O'SHonessi, Arayuuri, Toyvio; Uronen, Kamara, Sparv, Lod, Raytala; Pukki, Poxyanpalo


BOSH MURABBIY FIKRLARI: 

Daniya terma jamoasi ustozi Kasper Yulmann: "Biz ko'p bor [Bosniya va Gercegovinaga qarshi o'rtoqlik o'yinida] finnlarga qarshi birinchi o'yinda duch keladigan vaziyatdan o'tdik. Biz yana o'sha vazifalarni bajarishimiz talab qilinadi: raqib himoyasiga "kalit topish" va ularga qarshi hujumda o'ynashga bermaslik".

Finlyandiya terma jamoasi ustozi Markku Kanerva: "Daniya - juda yaxshi jamoa. Ularning oxirgi o'yinlariga qaraydigan bo'lsak, o'yin borasida o'sishga erishganini va ko'plab gollar urganini ko'rish mumkin. Ularda individual mahoratli ko'plab futbolchilar va ishonchli himoya chizig'i bor. Qo'shimchasiga Daniya o'z uyida o'ynaydi. Biroq biz nomdorroq raqiblarga qarshi o'yinda ham munosib o'yin ko'rsata olishimizni isbotlashimiz zarur".




Daniya - Finlyandiya
12 iyun 2021 yil. Kopengagen. "Parken" stadioni. 21:00
Bosh hakam
: Entoni Teylor (Angliya)
Qanot hakamlari: Geri Besuik va Adam Nann (ikkisi Angliya)
Zaxira hakami: Sandro SHerer (SHveycariya)
VAR hakami: Styuart Ettuell (Angliya)
VAR hakami yordamchilari: Kris Kevanax (Angliya), Fiippio Meli (Italiya), Marko Di Bello (Italiya). 



Denmark

EURO Grp. B . 1-tur

13/06/2021, 00:30

1
:
0
Tugadi

Finland

Joel Pohjanpalo - 60'

Stadion: Parken, 13790 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
43'  Christian Eriksen (Mathias Jensen)
63'  Jonas Wind (Andreas Skov Olsen)
63'  Simon Kjaer (Jannik Vestergaard)
74'  Pierre-Emile Hoejbjerg
76'  Daniel Wass (Jens Stryger Larsen)
76'  Thomas Delaney (Andreas Cornelius)
4'  Robin Lod
51'  Tim Sparv
60'  Joel Pohjanpalo
60'  Jere Uronen
76'  Teemu Pukki (Joni Kauko)
76'  Tim Sparv (Rasmus Schueller)
84'  Joel Pohjanpalo (Marcus Forss)
90'  Jukka Raitala (Leo Vaeisaenen)


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика