So’nggi yangiliklar

18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  0 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  2 16:40"Интер" ва "Галатасарой" Чалханоглу трансфери бўйича музокараларни бошлади  0 16:10Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   10 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  8 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   2 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  10 12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  10 12:00Лунин қарор қилди  2 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  1 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  4 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  10 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  12

Prevyu. "Buxoro" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Prevyu. "Buxoro" - "So'g'diyona"

Oliy liga audsayderlari "Buxoro" va "So'g'diyona" o'zaro o'ynashadi.
Buxoro (Buxoro) – So'g'diyona (Jizzax)
1 iyul 2015. Buxoro. “Buxoro” stadioni. 19:30
Hakamlar
: O. Tolibjonov (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), A. Risqullaev (Toshkent)
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 38 bor kesishgan. Natijalar “Buxoro”ning kichik ustunligini ko'rsatmoqda. Jamoa hisobida 17ta g'alaba bor, “So'g'diyona” esa 16 marta g'olib chiqqan. Beshta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati “So'g'diyona” foydasiga. Jizzax klubi shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 55ta gol kiritib o'z darvozasidan 52 marta to'p olib chiqqaan. O'zaro o'inlarda “Buxoro” 56, “So'g'diyona” 53 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Buxoro” oliy ligada “So'g'diyona” ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi buxoroliklarning eng yirik hisobidir. “So'g'diyona”ning o'zaro o'yinlardagi “Buxoro” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 6:2 bo'lib turibdi.

O'tgan yil birinchi davraning beshinchi turida Zominda bo'lib o'tgan bahs taqdirini bitta gol hal qilgan. Uchrashuv tugashiga 6 daqiqa qolganida Feruz Boboqulovning mezbonlar darvozasiiga kiritgan to'pi “Buxoro”ga uch ochko keltirgan – 0:1. Buxorodagi uchrashuvda ham “Buxoro” g'olib bo'lgan, Predrag Vuyovich va Ulug'bek Baqoevning gollariga Suhrob Berdiev javob bergandi – 2:1.

“Buxoro” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
27.08.2014 Buxoro - So'g'diyona 2:1
23.03.2013 Buxoro - So'g'diyona 4:1
09.09.2011 Buxoro - So'g'diyona 2:1
17.10.2009 Buxoro - So'g'diyona 0:0
13.09.2008 Buxoro - So'g'diyona 2:3

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Buxoro” o'z maydonida 11 marta g'alabaga erishgan va 3 marta durang o'ynagan. Qolgan 5ta bahsda “So'g'diyona” safarda muvaffaqiyatga erishgan. Oxirgi to'rt o'yinda “So'g'diyona” safarda g'alaba qozona olmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика